M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-ish. Aldozalarning qaytaruvchanlik xossalari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-tajriba. Trommer reaksiyasi
40-ish. Aldozalarning qaytaruvchanlik xossalari
Kerakli jihozlar: 1; 2; 5 ml li pipetkalar, suv hammomi, 50 ml li byuretka, shtativ, probirkalar, gaz gorelkasi yoki spirt lampa. Kerakli reaktivlar:1% li glukoza eritmasi, 10% li NaOH, 5% li mis sulfat, 1% li laktoza eritmasi, 1% li maltoza eritmasi,1% saxaroza eritmasi, Nilander reaktivi (tayyorlash:2 g vismut sulfatga va segnet tuzi 100 ml 10% li NaOH eritmasida qaynayotgan suv hammomida qizdirish yo‘li bilan eritiladi, sovitilgandan keyin filtrlanadi), Feling suyuqligi (tayyorlash:1). 34,6 g CuSO 4 ·5H 2 O500 suvda eritiladi; 2). 172 g segnet tuzi va 70g NaOH 500g suvda eritilib alohida saqlanadi. Foydalanishdan oldin (1) va (2) eritmalar teng hajmda aralashtiriladi);Barfed reaktivi(tayyorlash: 13,3 g mis asetat 100 ml distillangan suvda eritiladi. Eritmani filtrlangandan keyin unga 1,9 ml muz sirka kichlota qo‘shiladi), 1%-fruktoza eritmasi; 1%-saxaroza eritmasi; konsentrlangan xlorid kislotasi rezorsinning kristallari. 107 Monosaxaridlar ishqoriy muhitda og‘ir metall gidroksidlarini, masalan, mis (II)-gidroksidni mis (I)-oksidiga, vismut oksidini metall holatgacha, kumush gidroksidni erkin kumushgacha qaytarish xossasiga ega. Bu reaksiyalar monosaxaridlarni sifat va miqdoriy jihatdan aniqlashda qo‘llaniladi. Tarkibida erkin aldegid guruh bo‘ladigan disaxaridlar — maltoza, laktoza va sellobiozalar ham qaytaruvchi xossaga ega. Bu shakarlarning oksidlanishi ishqoriy muhitda oson, neytral sharoitda qiyinroq, kislotali sharoitda esa juda qiyin boradi. 1-tajriba. Trommer reaksiyasi Monosaxaridlar ishqoriy muhitda mis (II)- gidroksidni mis (I)- oksidgacha qaytaradi, bu reaksiya natijasida reaksiya uchun olingan aldozalarga mos kelgan kislotalar hosil bo‘ladi: Reaksiya mahsuloti sifatida qizil rangli mis (I)-oksid hosil bo‘ladi. Bu reaksiyaning kamchiligi shundaki, agar tekshirilayotgan eritmada shakar juda oz bo‘lsa, ortiqcha miqdorda hosil bo‘lgan mis (II)-gidroksid qizdirilganda parchalanib, qora rangli mis (II)-oksidiga aylanadi. Natijada juda oz miqdorda hosil bo‘lgan qizil rangli mis (I)-oksidi hosil bo`ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling