M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Karbonsuvlar boshqaruv vazifasini ham bajaradi
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Karbonsuvlar zahira oziq modda vazifasini ham o‘taydi
- Monosaxaridlar
4. Karbonsuvlar boshqaruv vazifasini ham bajaradi. Masalan, oziq
moddalar bilan qabul qilingan kletchatka (sellyuloza) ichak ximusi tarkibida bo‘lganida, ichak vorsinkalarini mexanik qo‘zg‘atib, ichak peristaltikasini faollashtiradi. Bu esa ichakda ovqat hazm bo‘lishini tezlashtiradi. Xuddi shunday, monosaxaridlar ichki muhit barqarorligini - gomeostazni saqlashda ham qatnashib, osmotik bosim hosil qilishda faollik ko‘rsatadi. Eng muhimi, karbonsuvlar maxsus vazifalarni ham bajarishda ishtirok etadi. Jumladan, glikoprotein tabiatli murakkab moddalar har xil guruhdagi qonning antigenli xususiyatini oshiradi, ular asab hujayrasiga ko‘p miqdorda uchrab, asab impulsini o‘tkazishda ham qatnashadi. Ayrim glikoproteinli fermentlar qonning sovutgichi, baliqlarda esa antikoagulyant vazifasini bajaradi. 5. Karbonsuvlar zahira oziq modda vazifasini ham o‘taydi. Odam va hayvon to‘qimalarida glikogen, o‘simliklarda - kraxmal holida to‘planib, zarur bo‘lganda bioenergiya uchun sarflanishi kuzatiladi. Karbonsuvlar tarkibi va xossalariga qarab uch guruhga bo‘linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar(glikanlar). Monosaxaridlar Monosaxaridlar yoki oddiy karbonsuvlar. Ularning umumiy tarkibi (CH 2 O) n bo‘lib, n - ning soni 3 dan 9 gacha bo‘ladi. Ular o‘z navbatida tarkibidagi uglerod atomining soniga qarab, trioza / C 3 H 6 O 3 /, tetroza /C 4 H 8 O 4 /, pentoza / C 5 H 10 O 5 /, geksoza / C 6 H 12 O 6 /, geptoza / C 7 H 14 O 7 / kabi guruhlarga bo‘linadi. Tuzilishiga ko‘ra barcha monosaxaridlar aldegid va keton guruhlarini saqlagani uchun aldozalar va ketozalarga bo‘linadi: 101 Monosaxaridlardan tabiatda pentozalar, geksozalar keng tarqalgan bo‘lib, muhim biologik vazifalarni bajaradi. Jumladan, pentozalar riboza, dezoksiriboza va ribuloza holida uchraydi, riboza RNK, dezoksiriboza DNK tarkibiga kiradi: Geksozalar glukoza, galaktoza, mannoza kabi aldogeksozalar tarzida hamda fruktoza kabi ketogeksoza tarzida keng tarqalgan: 102 Ulardan, glukoza yoki uzum shakari tabiatda uzum shirasida (15%), mevalarda, barglarda, ildizlarda, gullarda hamda qonda (0,08-0,12%), mushaklarda(0,01%), miokardda (0,03), miyada (0,06%) uchraydi. Fruktoza ham mevalarda, gulshira (nektar) da, asalda (60%gacha), uchraydi, u saxaroza va boshqa oligosaxaridlarning tarkibiga kiradi. U organizmda osonlik bilan glukozaga izomerlanadi: Molekulasi tarkibida aldegid ( ) va spirt ( ) guruhlari bo‘lganligi uchun suvdagi eritmalarda, ayniqsa, kristall holda aldegid holda ham, zanjir holda ham bo‘la oladi: Kimyoviy xossalari bo‘yicha monosaxaridlar uchun quyidagi reaksiyalar tavsiflidir: 1). Feling suyuqligi ta’sirida oksidlanib glyukonat kislotasiga aylanadi: 2). Oksidlovchilar ta’sirida 1- va 6 - uglerod atomlari oksidlanib, ikki asosli qand kislotasini hosil qiladi: 103 3). Zanjirli shakldagi monosaxaridlar spirtlar bilan ta’sirlashib, oddiy efir - glikozidlar hosil qiladi: 4). To‘qimalarda biologik oksidlanish jarayonida murakkab efirlar hosil qiladi: 5). Aldozalar molekulasining 2- uglerod atomidagi gidroksil guruhini aminoguruhga almashtirish hisobidan aminoshakarlarga aylanadi, tabiatda ana shunday aminoshakarlardan D - glukozamin bilan D - galaktozamin, xitin, geparin, mukopolisaxaridlar va bakteriyalarning polisaxaridlari tarkibida uchraydi: Oligosaxaridlar tarkibi bo‘yicha monosaxaridlarning angidridlaridir. Tarkibiga qarab di-, tri-, tetra- va boshqa saxaridlarga bo‘linadi. Ulardan biologik ahamiyatga ega bo‘lganlari disaxaridlar va trisaxaridlardir. Tarkiblariga ko‘ra disaxaridlar glyukozid harakteriga ega, faqat ularda gidroksilning vodorodi o‘rniga joylashgan radikal monosaxarid qoldig‘idir, ularning eng ahamiyatli vakillari: 104 Tuzilishidan ko‘rinib turibdiki, maltoza glukozido-glukoza tarkibli disaxarid, undagi bog‘lanish 1:4 glukozid bog‘ dan iborat. U tabiatda erkin holda uchramaydi, faqat, odam va hayvonlarda kraxmal bilan glikogenning parchalanishidan, o‘simliklarda ham kraxmalni, donlarni o‘sishi davrida, gidrolizlanishidan hosil bo‘ladi. Maltozagidrolizlansa ikki molekula glukoza hosil bo‘ladi. Sellobiozadagi glukozid bog‘- D–glukopiranozaningβ-shaklidan hosil bo‘lgan, u selluloza(kletchatka)ning fermentli bijg‘ishidan hosil bo‘ladi, suvda yaxshi eriydi. Tarkibi D - glukopironoza bilan D - galaktopiranozadan tuzilgan. Faqat sut tarkibida uchraydi, uning sutdagi miqdori 5-8% ni tashkil etadi. Laktozaning gidrolizatidan bir molekula glukoza bilan bir molekula galaktozani ajratib olish mumkin. Trisaxaridlar ham tabiatda erkin holda uchraydi. Eng muhim vakili rafinozadir, u chigit, qand lavlagisi tarkibida uchraydi. Agar rafinoza gidrolizlansa galaktoza, glukoza va fruktoza hosil bo‘ladi. Yana bir vakili melisitozadir, u ayrim nina bargli daraxtlarning shirasi tarkibida uchraydi, agar gidrolizlansa, ikki molekula glukoza bilan bir molekula fruktoza ajraladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling