M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-tajriba. Karbonsuvlarni α-naftol yordamida aniqlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150
 
1-tajriba. Karbonsuvlarni α-naftol yordamida aniqlash 
Bu 
reaksiya 
hamma 
karbonsuvlaruchun 
xosdir. 
Karbonsuvlar 
konsentrlangan sulfat kislota ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga 
aylanadi. Hosil bo‘lgan mahsulot 2 mol α-naftol bilan kondensasiyalanib 
binafsha rangli kompleks hosil qiladi. 
Ishni bajarish tartibi.Tekshirilayotgan eritmadan 2 ml yoki tarkibi 
karbonsuvli qattiq moddadan 0,1 g olib, 1 ml suvda eritiladi, ustiga α-
naftolning 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan 
ohistalik bilan 1 ml konsentrlangan H
2
SO

qo‘shiladi. Sulfat kislotaning 
zichligi katta bo‘lgani uchun probirka tagiga cho‘kib, suyuqlik ikki 


106 
qavatga bo‘linadi. Xuddi shu ikki qavat chegarasida binafsha rang (halqa) 
hosil bo‘ladi. 
 
2-tajriba. Pentozalarni orsin reaktivi yordamida anqlash 
Pentozalar kislotali muhitda temir (III)-xlorid ishtirokida orsin reaktivi 
bilan yashil rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya pentozalarning kislota 
ta’sirida furfurolga aylanishini tasdiqlaydi. 
Ishni bajarish tartibi.Probirkaga 1 ml riboza yoki tarkibida pentoza 
bo‘lgan tekshiriluvchi eritma quyilib, unga teng hajmda orsin reaktividan 
qo‘shiladi. Aralashma qaynayotgan suv hammomida 20 daqiqa qizdiriladi. 
Agar tekshirilayotgan suyuqlikda pentoza yoki uning hosilasi bo‘lsa, 
probirkadagi eritma yashil rangga kiradi. 
 
3-tajriba. Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash 
2-dezoksipentozaga aromatik amin (difenilamin) qo‘shib asta-sekin 
qizdirilsa, ko‘k rangli kompleks birikma hosil bo‘ladi. Bu reaksiya yordamida 
DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniqlash mumkin. 
Ishni bajarish tartibi 1 ml dezoksiriboza yoki tarkibida DNK bo‘lgan 
eritmaga 2 ml difenilamin eritmasi qo‘shiladi, so‘ngra 10 daqiqa qaynatiladi. 
Bu vaqtda reaksion aralashma barqaror ko‘k rangga kiradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling