M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150
Ishni bajarish tartibi 1-2 ml glukoza eritmasiga 0,5-1 ml Nilander 
reaktividan qo‘shib, 2 daqiqa davomida ohista qaynatiladi. Bunda vismut 
gidroksidi 
qaytarilibavval
jigar rang oraliq reaksiya mahsuloti, keyin qora 
qaytarilgan vismutni cho‘kmasi hosil bo‘lishi kuzatiladi. 
4-tajriba.Barfed reaksiyasi 
Monosaxaridlar mis atsetatning nordon eritmasi ta’sirida ham 
oksidlanadi, bunday sharoitda disaxaridlar amalda oksidlanmaydi. Bu 
reaksiyani birinchi bo‘lib Barfed o‘tkazgani uchun shu olimni nomi bilan 
yuritiladi va biologik obyektlardagi bu ikki gruppa shakarlarni bir-biridan 
farq qilishda qo‘llaniladi. 
Ishni bajarish tartibiProbirkaga 5 ml Barfed reaktividan quyib, 1% 
li glukoza eritmasidan 1 ml qo‘shiladi va suv hammomida 10 daqiqa 
davomida qizdiriladi. Bu vaqtda qizil rangli mis (I)-oksid cho‘kmasi hosil 
bo‘ladi. 
41-ish.Ketozalarga xos Selivanov reaksiyasi 
Ketozalar aldozalarga nisbatan kimyoviy jihatdan farq qiladi, ular 
aldozalarga tegishli yuqorida keltirilgan rangli reaksiyalariga ham
qaytaruvchanlik reaksiyalariga ham kirishmaydi. 
Fruktoza va boshqa ketogeksozalar konsentrlangan xlorid kislotasi va 
rezorsin ishtirokida qizdirilganda eritma olcha-qizil rangga bo‘yaladi. 
Hosil bo‘layotgan rang ketozalarni kislota bilan qizdirganda rezorsin bilan 
fruktozadan oksimetilfurfurol, ribulozadagi furfurol hosil bo‘ladi. Bu 
reaksiyani birinchi bo‘lib Selivanov tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 
uning nomi bilan yuritiladi.
Ishni bajarish tartibi. Bitta probirkaga 2ml 1%-fruktoza eritmasi va 
ikkinchisiga 2 ml 1%-saxaroza eritmasini quyiladi, har ikkala probirkaga 1 
ml dan konsentrlangan xlorid (HCI) kislotasi va rezorsinning kristallaridan 
bir nechtasini qo‘shiladi.Probirkalarni qaynayotgan suv hammomiga 
joylashtiriladi, birozdan keyin fruktozali probirkada eritmani olcha-qizil 
rangga bo‘yalishi kuzatiladi, saxarozali probirkadagi aralashma ham 
saxarozaning gidrolizi natijasida ozroq miqdorda bo‘lsada fruktoza hosil 
bo‘lishi uchun xuddi shunday rangga bo‘yaladi, lekin xosil bo‘lgan rang 
ancha ochroq bo‘ladi.
Reaksiya tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin: 


110 
Fruktoza Oksimetilfurfurol 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling