M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy lipidlar
Ishni bajarish tartibi.Dastlab kichkina uvada bo‘lagini probirkaga
solib 2-3 % li sulfat kislota qo‘shib 10 daqiqa davomida qaynatiladi va aralashmani sovitib, neytrallagandan keyin Feling reaksiyasi qilib qo‘riladi. Bunda reaksiya salbiy natijaga ega bo‘ladi. Boshqa probirka olib uvada bo‘lagini solgandan keyin unga 2 ml 80 % sulfat kislota qo‘shib 3-4 daqiqa ushlab turiladi va distillangan suv bilan suyultirilib, so‘ng 5 daqiqa davomida qaynatiladi. Gidrolizatni sovitib neytrallangandan keyin u bilan Feling va Barfed reaksiyalari o‘tkaziladi. Bu reaksiyalarning ijobiy chiqishi sellyulozaning gidrolizlanib β-D- glukozaga aylanganidan dalolat beradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Polisaxaridlarga qaysi birikmalar kiradi? 2. Kraxmal qanday tuzilishga ega? 3. Glikogen haqida nimalarni bilasiz? 4. Sellulozaning kimyoviy tuzilishi va xossalari. 5. Xitin qanday tuzilishga ega? 6. Xondriatinsulfat qanday tuzilgan? 7. Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar 8. Kraxmalning bosqichma bosqich gidrolizlanishidan qanday oraliq moddalar hosil bo‘ladi? 9. Glikogenning parchalanishini so‘ngi mahsuloti nima? 10. Sellulozani parchalanishidan nima hosil bo‘ladi? 118 LIPIDLAR Lipidlar deb, kimyoviy jihatdan turli tarkibga ega bo‘lgan, umumiy hossalari bo‘yicha efir, aseton, xloroform, benzol kabi organik erituvchilarda eriydigan, murakkab moddalarga aytiladi. Lipid atamasi grekcha «Lipos - yog‘» so‘zidan olingan. Aksariyat holda lipidlar yuqori mollekular yog‘ kislotalarining glitserin bilan hosil qilgan murakkab efiri deb qaraladi. Ayrim lipidlarning tarkibida, bu moddalardan tashqari, azotli asoslar, fosfat kislotasi, karbonsuvlar ham uchraydi. Lipidlar muhim hayotiy jarayonlarning idora etilishida qatnashadi. Ular oqsillar bilan majmuiy birikmalar hosil qilib hujayra qobig‘ini, organoidlarining tuzilmalarini hosil qilishlari bilan biofaol moddalarni tashish, ajratish kabi vazifalarni boshqaradi. Lipidlar energiya manbayi sifatida ham xizmat qiladi. Ayniqsa, lipidlar glikolipidlar holida asab tizimi to‘qimalarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, asab tizimi faoliyatini yuzaga chiqarishda faol qatnashadi. Barcha lipidlarni tarkibi va biokimyoviy tavsiflariga ko‘ra oddiy va murakkab lipidlarga bo‘lib o‘rganadilar. Oddiy lipidlar yuqori molekular yog‘ kislotalarining spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. O‘z navbatida ular yog‘larga, mumlarga va steridlarga bo‘linadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling