M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150
Oddiy trigliseridlar: 


120 
Aralash triglitseridlar: 
Mumlarhamyuqorimolekulalimonokarbonkislotalarningyuqorimoleku
lalispirtlarbilanhosilqilganmurakkabefirlaridir. Vakil sifatida asalari mumi 
(yoki miritsil palmitat efiri) ni keltirish mumkin:
Palmitat qoldiq Mirisil spirti qoldig‘i
 
Steridlar.Oddiy 
lipidlarning 
tabiatda 
keng 
tarqalgan 
guruhi 
steridlardir. Ular siklik spirt - sterollar bilan yuqori molekulali yog‘
kislotalaridan hosil bo‘lgan murakkab efirlardir. Siklik spirtlar - sterollar 
juda 
murakkab 
tuzilgan 
moddalardir. 
Ularni 
fenantren 
bilan 
siklopentanning hosilalari deb qaraladi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan 
biofaol moddalarni o‘z ichiga oladi. Vakil sifatida o‘t suyuqligi tarkibida 
uchrovchi xolesterol, zamburug‘lardan ajratib olingan ergosterol va 
o‘simlik moylaridan ajratib olingan sitosterollarni misol keltirish mumkin: 


121 
Shuxildagisiklopentanpergidrofenantrenhalqali tuzilishga ega bo‘lgan 
biofaol moddalar jumlasiga: o‘t kislotalari, ayol va erkak jinsiy 
gormonlari, buyrak usti bezi gormonlari, D guruhi vitaminlari, yurak 
glukozidlari va boshqalar kiradi 
Fosfoglitseridlarbu lipidlar fosfatid kislotasini hosilalari hisoblanadi. 
Ularning tarkibiga glitserin, yog‘ kislotalari,fosfat kislota qoldig‘i va 
odatda tarkibida azot tutuvchi yoki boshqa birikma tutuvchi birikmalar 
kiradi.Kimyoviy tarkibi jihatidan fosfatid kislota va fosfatidil glitseridning 
umumiy formulasi quyidagicha tuzilishga ega: 
Buyeda: R
1
,R
2
- lar yog‘ kislotalari qoldiqlari, R
3
-qutbli guruh 
hisoblanadi.
Yog‘ kislotalaridan-palmitat, stearinat, linolat, linolenat 
kislotalar uchrasa, qutbli birikmalardan-xolin, etanolamin, serin va 
inozitollar uchraydi, hamda ularni o‘zaro mos holda fosfatidilxolin, 
fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin va fosfatidilinozitol deb nomlanadi. 
Fosfatidilxolinning tuzilishi quyidagicha:
Shu guruhga kiruvchi fosfatidal yoki plazmalogenlarning tuzilishida 
shunday farqli jihat bor,ya’ni glitserinning birinchi karbon atomiga yog‘
kislota qoldig‘i o‘rniga 12 dan 18 tagacha karbon atomiga ega bo‘lgan 
to‘yinmagan spirt joylashgan bo‘ladi. Plazmogenlar miya va nerv 
hujayralari membranalari,shuningdek eritrotsitlarda uchrashi aniqlangan. 


122 
Bu guruhga kardiolipinlar ham kiradi. Bu fosfolipid uch molekula 
glitserin, ikki molekula fosfat kislota qoldig‘i va to‘rt molekula yog‘
kislotasi qoldiqlaridan tashkil topgan. 
 
Umuman, fosfolipidlar asab to‘qimasida, o‘simliklar mevasida
tuxum, 
jigar 
va 
yurakda 
uchraydi. 
Oqsillar 
bilan 
birikib 
fosfolipoproteinlarni hosil qiladi, ular hujayra qobig‘i, organoidlarining 
shakllarini tuzishda ishtirok etadi. 
Sfingolipidlar. Bu moddalar ikki atomli to‘yinmagan aminospirt 
sfingozinning hosilalari hisoblanadi. Sfingozinspirtinituzilishiquyidagicha: 
Sfingolipidlar o‘z navbatida kimyoviy jihatdan farqlanuvchi 
sfingomiyelinlar, 
serebrozidlar 
va 
gangliozidlarga 
bo‘linadi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling