M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytral yog‘lar.
Murakkab lipidlar ko‘p tarkibli birikmalar bo‘lib, yog‘ kislotalari va
spirtlardan tashqari ularning molekulasini hosil qilishda azotli asoslar, fosfat kislota kabi moddalar qatnashadi. Tarkibiga ko‘ra, fosfolipidlar, glikolipidlar, sfingolipidlar tarzida ham uchraydi. Lipid tarkibining asosiy qismini yog‘ kislotalari tashkil etadi. Ularning gidrolizatidan uglerod atomi C 4 dan C 26 gacha bo‘lgan to‘yingan, to‘yinmagan, ochiq va tarmoqlangan zanjirli hamda halqali organik kislotalarning borligi aniqlangan. Ko‘rsatilgan yog‘ kislotalaridan, tabiiy yog‘lar tarkibida, eng ko‘p tarqalganlari oleinat, palmitat va stearat yog‘ kislotalaridir. Ulardan oleinat 30% gacha, palmitat 15% dan 50% gacha, stearat esa 25% gacha uchraydi. Hayvon yog‘larida ko‘proq to‘yingan yog‘ kislotalari uchraydi, ular qattiq yog‘lardir. O‘simlik yog‘larida esa to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘proq uchraydi, ular suyuq yog‘lar yoki moylardir. Misollar bilan izohlansa, dumba va charvi yog‘lari tarkibida 25% gacha stearat kislotasi uchrasa, o‘simlik moylarida 90% gacha to‘yinmagan yog‘ kislotalari, ayniqsa, oleinat ko‘proq miqdorlarda uchraydi. 119 To‘yinmagan yog‘ kislotalardan linolat, linolenat va lipoat kislotalari odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi, faqat oziq moddalar bilan kirib turishi kerak. Shuning uchun ularni almashinmaydigan yog‘ kislotalari deb ataydilar. Lipidlarga organik moddalarning juda katta guruhi kiradi. Ular: neytral yog‘lar, mumlar, sterin va steridlar, fosfogliseridlar, sfingolipidlardan tashkil topgan. Ilmiy adabiyotda neytral yog‘larni lipidlar, mo‘mlar, sterin va steridlar, fosfoglitseridlar, sfingolipidlarni lipoidlar deb nomlanadi. Neytral yog‘lar.Tabiatda yog‘lar keng tarqalgan bo‘lib odam, hayvon, o‘simlik va mikroorganizmlarning hatto viruslar tanasida ham uchraydi. Ularning miqdori ayrim organizlarda, to‘qima va ichki a’zolarda 90% gacha yetadi. Fanda 600 dan ortiq yog‘ xillari mavjuligi ma’lum, ulardan 420 xili o‘simliklarda, 80 xili quruqlikda yashovchi hayvonlarda va 100 dan oshig‘i - suvda yashovchi hayvonlarda uchraydi. Kimyoviy tarkibi jihatidan yog‘larni yog‘ kislotalari bilan uch atomli spirt - glitserinning murakkab efiri deb qaraladi, uni triglitseridlar ham deb atashadi. Yog‘larning umumiy kimyoviy formulasi quyidagicha ifodalanadi: Yog‘lar(triglitserid)lar, tarkibiga ko‘ra, oddiy gliseridlarga va aralash triglitseridlarga bo‘linadi. Agar oddiy glitseridlar bir xil yog‘ kislotalaridan tarkib topgan bo‘lsa, aralash triglitseridlar tarkibida har xil yog‘ kislotalarining qoldiqlari uchrashi mumkin, masalan: Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling