116
ml dan
)
alohida probirkalarga ko‘chiriladi. Ulardan biriga 1-2 ml 10 % li
natriy ishqori, ikkinchisiga 2-3 ml etil spirti qo‘shiladi, uchinchisiga 2 ml
suv qo‘shib spirt lampada biroz qizdiriladi. Bunda hamma probirkalardagi
ko‘k rang yo‘qoladi, lekin uchinchi probirkadagi aralashmani rangi
sovigandan keyin tiklanadi. Reaksiya amilozaning yod bilan uncha
barqaror bo‘lmagan birikmasini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, birinchi
probirkadagi yod NaI, ikkinchi probirkadagisi
etil yodid hosil qilgani
uchun rang tiklanmaydi, uchinchi probirkadagi yod amilaza bilan qayta
birikadi.
B. Probirkaga 2-3
ml glikogen eritmasini quyib, unga 1-2 tomchi
Lyugol eritmasi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi bunda qizg‘ich-
qo‘ng‘ir rang paydo bo‘ladi. Rang natriy xlorning birnecha mayda
kristallarini
solganda kuchayadi, lekin natriy ishqori qo‘shilsa yoki
qizdirilsa rang yo‘qoladi. Kraxmal va glikogen bilan yodli reaksiyadagi
ranglarning har xil bo‘lishi bu moddalarning kimyoviy tuzilishida farqli
jihatning mavjudligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: