M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-tajriba. Kraxmalni gidrolizlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   150
2-tajriba. Kraxmalni gidrolizlash 
 
Yuqorida keltirilganidek laboratoriya sharoitida kraxmalni ikki xil 
yo‘l bilan (kislotali va fermentativ)gidrolizlash mumkin. 
Ishni bajarish tartibi. Kislotali va fermentativ gidrolizni amalga 
oshirish maqsadida 20 dona toza probirka olib shtativga ikki qator qilib 
terib qo‘yiladi. Ularning hammasiga 10 ml dan distillangan suvva 2 
tomchidan Lyugol eritmasi solinadi. Keyin ikkita yumaloq tubli 100 ml li 
kolba olib ikkalasiga ham 20 ml dan 1% kraxmal eritmasi solinadi va 
ularning birinchisiga 5 ml 10 % li sulfat kislota, ikkinchisiga 5 ml 5 marta 
suyultirilgan so‘lak qo‘shiladi. Birinchi kolbani og‘ziga qaytar sovitqich 
o‘rnatib aralashmani qaynatishga qo‘yiladi. Ikkinchi kolbadagi 
aralashmani 40
o
C li termostatga ko‘chiriladi. Har 2-3 daqiqao‘tgandan 
keyin 
oldindan 
yod 
solib 
tayyorlab 
shtativga 
joylashtirilgan 
probirkalarning birinchi qatoriga birinchi kolbadagi aralashmadan, 
ikkinchi qatoridagisiga ikkinchi kolbadagi aralashmadan 0,5 ml dan solib 
aralashtiriladi. Reaksion aralashmalarning rangini birin-ketin o‘zgarishi 
kuzatib boriladi, ya’ni bunda dastlab amilodekstrin hosil bo‘lganda 
aralashma yod bilan ko‘k ranga bo‘yalsa, eritrodekstrin hosil bo‘lganda 
qizil ranga bo‘yaladi, axrodekstrin bilan esa, hechqanday ranga 
bo‘yalmaydi. Gidrolizning bu bosqichidan keyin gidrolizat bilan Feling 


117 
reaksiyasi qilib ko‘riladi. Kislotali gidrolizat bilan Feling reaksiyasini 
o‘tkazishdan oldin uni neytrallash talab qilinadi. 
3- tajriba. Selluloza (klechatka)ni girolizlash 
 
Sellulozani kislotali gidrolizi kraxmal va glikogennikidan qiyinroq 
ketadi, ya’ni suyultirilgan sulfat kislota bilan uzoqroq 
muddatda 
gidrolizlanadi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling