M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kraxmal. U o‘simliklarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lib,
o‘simliklarning donida, ildizmevalarida, tuganak mevalarida va boshqa qismlarida zahira oziq modda sifatida (kraxmal donachalari holida) jamg‘ariladi. Uning miqdori bug‘doyda 75%, guruchda 80%, kartoshka to‘ganaklarida 12-24%, o‘simlik barglarida 4% atrofida bo‘ladi. Kraxmal sovuq suvda erimaydi, lekin 60-80°C gacha isitilgan suvda bo‘kadi va kraxmal kleysteri deb ataladigan kolloid eritmaga aylanadi. Kraxmal molekulasi kimyoviy sof modda emas, uning 96-97% ini amiloza va amilopektin kabi polisaxaridlar, qolgan qismini mineral moddalar (asosan, fosfat kislota), yuqori yog‘ kislotalari (stearainat, palmitat va boshqalar) tashkil etadi. Kartoshka kraxmali tarkibida amiloza polisaxaridi 19-22%ni, amilopektin esa 78-81%ni tashkil etadi. Bundan tashqari amilozaga nisbatan amilopektin yuqori molekulali polimerdir. Agar amilozaning molekulyar massasi 2.10 4 - 2.10 5 atrofida bo‘lsa, ya’ni million u.b. atrofida bo‘lsa, amilopektinning mol massasi 1·10 5 –2·10 6 , ya’ni yuz million u.b. atrofida bo‘ladi. Agar har ikkala polisaxarid ham gidrolizlansa D - glukoza molekulalari ajralib chiqadi. Amiloza suvda eriydi va yod ta’sirida to‘q ko‘k rang hosil qiladi, amilopektin esa suvda erimaydi, yod ta’sirida binafsha rang hosil qiladi. Kraxmal kleysterining yopishqoqligi amilopektin hususiyatidan kelib chiqadi. Agar amiloza polisaxaridi amilaza fermenti ta’sirida gidrolizlansa, disaxaridlardan maltoza hosil bo‘ladi: Disaxarid maltozaning tuzilishida 1,4 bog‘ i bilan birikkan D - glukoza bo‘lganidan, polisaxarid amilozaning tuzilishini ham shunday izohlash mumkin: Amiloza molekulasi, ko‘pincha, 200-300 glukoza birligidan tuzilgan. Shoxlanmagan uzun polimer zanjirdir. 112 Amilopektinning molekulasi ham D - glukopiranoza qoldiqlaridan tashkil topgan, lekin uning polimer zanjiri shoxlangan ya’ni 1 --> 4 (1) bog‘ lardan tashqari 1,6 (2) bog‘lar ham mavjud: Shunisi tavsifliki, agar kraxmal kislota ishtirokida asta-sekin qizdirilsa, u gidrolizga uchraydi va molekular massalari bir-biridan farq qiladigan polisaxaridlar – dekstrinlarvaengso‘ngidamaltozavaglukoza hosil bo‘ladi: Reaksiyaning o‘tishini yod ta’sirida aniqlash mumkin. Kraxmal yod ta’sirida ko‘k rangga bo‘yaladi, gidroliz davom etishi bilan, aralashmaning ranggi dastlab binafsha, qizgish binafsha, amilodekstrin qizil eritrodekstrin va nihoyat rangsizlanib axrodekstrin qoladi va keyin yod bilan rangli birikma hosil qilmaydi. Kraxmal oziq-ovqat sanoatida, spirt, kley ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling