M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150
Sfingomiyelinlar - sfingozindan, fosfat kislota qoldig‘idan, yog‘ kislota 
qoldig‘idan, biron bir azotli yoki spirtli asos(xolin,etanolamin,serin, 
inozitol)dan tashkil topadi. Ular o‘simlik, hayvon hujayralarini va 


123 
subhujayraviy elementlarini membranalarida uchraydi Ayniqsa nerv 
hujayrasi, xususan miyada, qon lipidlari tarkibida ancha miqdorda bo‘ladi. 
Serebrozidlar- 
sfingozin 
spirtidan, 
serebron 
kislotadan 
va 
galaktozadan tashkil topgan bo‘lib miyaning oq moddasini tarkibiga 
kiradi. 
Gangliozidlar-sfingozin 
spirti, 
geterooligosaxaridlardan 
tashkil 
topgan. Ular tarkibiga galaktoza, glukoza, N-asetil-galaktozamin, N-
asetilneyroamin kislota, yuqori molekulyar yog‘ kislotalari kiradigan 
murakkab organik birikmalar hisoblanadi. Bosh miyani kulrang qismida 6 

ga 
yaqinimembrana 
lipidlarini 
gangliozidlar 
tashkil 
qiladi. 
Gangliozidlar hujayraga yetib kelayotgan signallarni qabul qilishda 
ishtirok etadi. Ular hujayralararo aloqalarni boshqarishda, peptid 
gormonlar, serotonin, ba’zi viruslar, bakterial toksinlarning resepsiyasida 
ishtirok etadi. 
16-mavzu. Neytral yog‘larni tuzilishi, xossalarini o‘rganishga oid 
reaksiyalar 
Neytral yog‘larning molekulasida to‘yingan va to‘yinmagan yog‘
kislotalari uchraganligiga qarab fizik va kimyoviy xossalari bir biridan 
tubdan farq qiladi. Odatdagi(xona) haroratda suyuq yoki yarimsuyuq 
holatda bo‘ladigan yog‘larning tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari 
ko‘proq uchraydi. To‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lar va 
to‘yinmagan yog‘ kislotalarini o‘zi-o‘ziga galoidlarni (galogenlanish), 
vodorodni (gidrogenlanish) va kislorodni (oksikislotalarni hosil qilish) 
biriktirish xossasiga ega
. Yog‘lar gidrolizlanishdan oldin emulsiyalanishga 
duch kelishi lozim. O‘simlik moyiga suv qo‘shib yaxshilab aralashtirganda 
uncha barqaror bo‘lmagan emulsiya hosil bo‘ladi. Lekin birozdan so‘ng 
aralashma ikkita qatlam hosil qiladi. Unga bir necha tomchi10 % li Na
2
CO
3
tomizganda va yana aralashtirganda ancha barqaror emulsiya hosil bo‘ladi. 
Buning sababi yog‘ tarkibida ozgina miqdorda bo‘lsada, erkin yog‘ kislotalari 
qoldiqlari bo‘ladi va soda bilan reaksiyaga kirib sovunga aylanadi, u esa yog‘ 
zarrachasining dispers fazasiga stabillovchi ta’sir ko‘rsatadi. Eskirgan (achigan) 
moyga soda qo‘shganda, uning tarkibida erkin yog‘ kislotalari yanada ko‘p 
bo‘lganligi sababli sovun ham ko‘proq hosil bo‘ladi hamda emulsiya ham 
yanada barqarorroq bo‘ladi. Emulsiyaning barqarorlik darajasi sirt tarangligini 
pasaytiruvchi moddalar: sovun, oqsil eritmasi, o‘t kislotalari ta’sirida 
kuchayadi. Biomaterial tarkibida yog‘larning mavjudligini aniqlashda akrolein 
sinovi xizmat qilishi mumkin. 


124 
Tabiiy yog‘lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin glitserin bo‘ladi, uni 
aniqlash uchun ma’lum miqdorda yog‘ yoki moy olib, suv tortib oluvchi 
modda kaliy bisulfat ishtirokida qizdirilsa, o‘tkir hidli akril aldegid (akrolein) 
ajraladi

Tarkibida glitserin bo‘lmagan lipoidlar bu reaksiyani bermaydi.Yog‘larni 
gidrolizini uch xil: fermentativ, kislotali, ishqoriy yo‘llar bilan amalga 
oshirish mumkin. Fermentativ va kislotali gidroliz natijasida gliserin va 
yuqori molekular yog‘ kislotalari, ishqoriy gidroliz natijasida esa, glitserin 
va sovun hosil bo‘ladi. Yuqori molekular yog‘ kislotalari kaliy ishqori 
bilan suyuq sovun, natriy ishqori bilan kattiq sovun hosil qiladi. Ishqoriy 
metallarning yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan tuzlari suvda yaxshi eriydi, 
ishqoriy-yer metallarining va og‘ir metallarning tuzlari suvda erimaydi 
(erimaydigan sovun). Reaksiya quyidagicha yuz beradi: 
Yog‘lar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalarning miqdori har xil 
bo‘ladi. To‘yinmagan yog‘ kislotalar molekulasi tarkibida qo‘shbog‘
bo‘lganligi sababli o‘ziga galogenlarni osongina biriktirib olish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Odatda yog‘larning to‘yinmaganlik darajasi yod 
soni bilan belgilanadi.100 g yog‘ biriktirib olgan yod miqdori “yod soni” 
deb yuritiladi. 
Yog‘larning yod sonini aniqlash ularni tavsiflashda muhim 
ahamiyatga ega. 
Tabiiy yog‘lar trigliseridlar bo‘lishi bilan birga, ularning tarkibida 
kam miqdorda bo‘lsada erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi. Bu kislotalarning 
miqdorini “kislota soni” deb yuritiladi va uni ishqorlar yordamida titrlash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Yog‘larni havoda va yorug‘da ancha muddatda 
saqlaganda erkin yog‘ kislotalarning miqdori oshadi. Yog‘larning 1 grami 
tarkibidagi erkin va bog`langan yog‘ kislotalarini neytrallash uchun 
sarflangan o‘yuvchi kaliyning mg hisobidagi miqdoriga sovunlanish soni 


125 
deyiladi. Sovunlanish soni bilan kislota soni o‘rtasidagi farqli ko‘rsatkich 
efir soni hisoblanadi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling