M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Веселовский A.H. Историческая поэтика. — JT., 1940,500-502 с
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
11 Веселовский A.H. Историческая поэтика. — JT., 1940,500-502 с.
90 lar folkloridagi epik syujetlar mushtarakligining yuzaga kelishiga mifologik tasavvurlar asosida shakllangan ilk syujetlar tizimi asos boigan. Qiyosiy adabiyotshunoslik borasida olib borilgan izlanishlar o'zaro adabiy ta’sir va ijodiy o‘zlashtirish masalasini folklor mate- riallari asosida tekshirishning keng imkoniyatlarini ochadi. Binoba rin, o ‘zbek folklorining dunyo xalqlari og'zaki ijodi an’analari bilan ijodiy aloqalari. xususan, o‘zbek-arab folklor aloqalari tizimida syu jet ko‘chishi hodisasining yuzaga kelishi, bu epik jarayonning o‘ziga xos estetik qonuniyatlari va tarixiy-tadrijiy rivoji masalalari folklor- shunoslar tomonidan endigina o‘rganilmoqda. Holbuki, o‘zbek xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari, xalq kitoblari va mifologik tasav- vurlarida arab folkloridan o ‘tgan katta epik qatlam mavjud. Tarixan arab folklorining syujet tizimiga mansub bo‘lgan bu epik qatlamning o‘zbek xalq og'zaki poetik ijodi estetik an’analari doirasiga transfor- matsiyalanish qonuniyatlarini ochish esa tarixiy-folkloriy jarayon ning yetakchi xossalarini aniqlash imkonini beradi. Taniqli eposshunos V.M.Jirmunskiy o‘zining mag'ribu mashriq adabiyotlarining qiyosiy tadqiqiga doir ilmiy asarlarida milliy adabi- yotlararo aloqalaming tarixiy ildizlarini siyosiy-iqtisodiy taraqqiyot- ning mushtarakligiga bog‘lab o'rgangan. U o‘zidan burungi adabi- yotshunoslaming ijodiy tajribalarini umumlashtirgani holda adabiy komparatavistikada yangi bir yo'nalish- sistemali-tipologik aloqalar nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, “qiyoslash”ning o‘zi folklorshu noslik metodi b o ia olmaydi. Chunki metod - ilmiy tadqiqot ishining o‘ziga xos nazariy mezoni bo'lib, u yoki bu ilmiy maktabning qa- rashlarini o'zida ifoda etadi. Shuning uchun ham “qiyoslash” nafaqat folkloristik, balki tarixiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun ham zarur bo'lgan usullardan sanaladi. Olim o'zaro qiyoslanayotgan hodisalar ning mohiyati va maqsadidan kelib chiqib, tarixiy-qiyosiy tadqiqot- ning quyidagi aspektlarini ajratib ko‘rsatadi: 1 ) adabiy hodisalarni oddiy solishtirish, taqqoslab o'rganish tari xiy-qiyosiy yo‘nalishdagi har qanday ilmiy tadqiqotning asosini tash- 91 kil etadi. Masalan, tilshunoslikda fransuz va ingliz tilidagi fe’l so‘z turkumini yoki rus tilidagi fe’l shakllarini o‘zbek tilida ifodalashning grammatik vositalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zidan qiyosiy tadqiqot olib borishni taqozo etadi; 2 ) tarixiy-tipologik yo‘nalishdagi qiyoslash ijtimoiy taraqqiyot- ning muayyan bosqichlaridagi o'xshash shart-sharoitlar va tafakkur tarzidagi o ‘xshashlik tufayli yuzaga kelgan, ya’ni genetik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘Imagan mushtarakliklarni tadqiq etadi; 3) tarixiy-genetik yo‘nalishdagi qiyosiy tadqiqot natijasida et- nogenetik jihatdan kelib chiqishida umumiylik bo‘lib, keyinchalik alohida-alohida holda taraqqiy etgan etnoslar madaniyati o'rganiladi; 4) dunyo xalqlarining o‘zaro madaniy aloqalari, bir-biriga ta’siri va adabiy “o‘zlashtirmalari” natijasida yuzaga kelgan mushtarakliklarni aniqlashga qaratilgan qiyosiy tadqiqot bu tipdagi o‘xshashliklarning genetik ildizlari hamda bu hodisalaming shakllanishi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganadi. 0 ‘zbek folklorshunosligida qiyosiy-tipologik metod asosida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Atoqli folklorshunos olim H.T.Zarifovning o‘zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslariga doir tadqiqotlarida, M.Afzalov, G‘.Jalolov, K.Imomov, X.Egamovlarning o'zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari, genezisi va badiiyatiga doir ilmiy asarlarida, shuningdek, M.Saidov, M.Murodov, T.Mirzayev, S.Ro‘zimboyev, H.Abdullayevlarning dostonchilik an’analari, dos- tonlar syujeti va obrazlar tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan ish- larida o‘zbek folklori asarlarini Markaziy Osiyo va hatto, jahon xalqlari og‘zaki badiiy ijodi namunalari bilan qiyosiy tahlilga tortish tajribasi faol qo‘llanildi. 0 ‘zbek folklorshunoslari folklor asarlarini o ‘rganishning quyidagi metodlarini tavsiya etadi: a) “ Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling