M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
FOLKLORSHUNOSLIK METODLARI
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
1.5. FOLKLORSHUNOSLIK METODLARI
Qiyosiy - tipologik metod. Ma’lumki, qiyosiy folklorshunoslik an’anaviy komparatavistika (ya’ni qiyosiy adabiyotshunoslik)ning tarkibiy qismlaridan biridir. Bunday tadqiqot metodi asosida etnik kelib chiqishi, lisoniy mansubiyati, jo ‘g‘rofiy o‘rni va madaniy-iqti- sodiy an’analariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi xalqlar folkloridagi mushtarak syujetlarning yuzaga kelish qonuniyatlari o‘rganiladi. Turli xalqlar folklori o‘rtasidagi aloqalaming bir necha tiplari mav- jud bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham folklor asarlarini ilmiy tadqiq etishning keng tarqalgan va samarali metodlaridan biri “qiyosiy- tipologik metod” hisoblanadi. “Qiyoslash” deganda muayyan folk lor janri, epik syujet, motiv yoki obrazni boshqa xalqlar og‘zaki badiiy ijodi materiallari bilan solishtirib, taqqoslab o‘rganish aso sida o ‘zaro o ‘xshash hamda farqli xususiyatlarni aniqlash nazarda tutiladi. Fransuz olimi Arnold Van-Gennep “Din, odatlar va afsonalar” nomli besh jildlik asarining 1908-yilda chop ettirilgan 2-jildidagi et- nografiyaning tarixiy taraqqiyoti haqidagi maqolasida folklorshunos- likdagi tarixiy va qiyosiy metodlarni bir-biridan farqlanuvchi usullar sifatida baholagan. U tarixiy metod hodisalarni muayyan xronologik tartib asosida baholaydi hamda yozma materiallardan foydalangan holda hujjatlilikka tayanadi; qiyosiy metod esa zamoniy va makoniy jihatdan abstrakt holatda ish ko'radi hamda og'zaki manbalami ham jalb qiladi. Har ikkala holatda ham tadqiqot predmeti o‘zgarmasligi bu metodlar muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Jo‘g‘rofiy o‘miga ko‘ra bir-biridan olisda joylashgan va lisoniy manstibiyatiga ko‘ra turli xil tillar oilasiga kiradigan xalqlar folklori dagi poetik elementlar mushtarakligi tipologik o‘xshashlik namunasi hisoblanadi. X.M. va N.K.Chadviklar polineziyaliklaming madaniy qahramon haqidagi miflari, Sibirda yashovchi turkiy xalqlar ertak lari, antik, qadimgi gennan va kelt qahramonlik dostonlari, rus ham da janubiy slavyan eposi syujetini o‘zaro qiyoslab o'rganish asosida, tahlil etilgan matnlaming badiiy qurilmasida tipologik mushtarak- lik mavjudligini aniqlashgan. Ularning fikricha, turli xalqlar folk loridagi bunday tipologik mushtaraklik “adabiy an’ananing parallel rivoji” hamda “turmush tarzi va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlaming o‘xshashligi” natijasida yuzaga keladi. O'rta asr Yevropa eposi syujetini turkiy va mo‘g‘ul xalqlari folklori bilan qiyoslab o‘rgangan G.N.Potanin tipologik aloqalarni tizim sifatida tahlil qilish muhim nazariy xulosalar chiqarishga asos bo'lishini qayd qilgan edi. Genetik-kontakt aloqalar nazariyasi Slovak olimi D.Dyurishin to monidan ilgari surilgan bo‘lib, milliy adabiyotlardagi mushtaraklik badiiy tafakkurning tarixiy rivoji hamda adabiy an’analarning o‘zaro ta’siri doirasida tekshiriladi. 0 ‘zaro adabiy ta’sir yoki adabiy aloqalarning syujet rivo- jini ta ’minlashdagi badiiy-estetik o‘rnini belgilash ham qiyo siy folklorshunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. A.N.Veselovskiyning yozishicha, u yoki bu milliy folklordagi mush- tarak motivlar o‘z-o‘zidan yuzaga keladi. Ammo motivlar tizimidan tashkil topgan epik syujetlardagi o‘xshashlik adabiy o‘zaro ta’sir natijasida hosil bolishi ham mumkin11. Har qanday adabiy ta’sir va o ‘zaro aloqalar tarixan asoslangan ijtimoiy zaminga egadir. Ikki xalq folklorining o'zaro bir-biriga ta’siri muayyan ijtimoiy zaruratdan kelib chiqadigan estetik ehtiyojga bog‘liq bo‘ladi. Ana shu estetik qonuniyatlarga suyangan holda dunyo xalqlari folklori epik syujet- larining 0 ‘rta Osiyo turkiy xalqlari og‘zaki ijodiyotida ommalashish jarayonini tahlil qilish, obraz va motivlar epik tabiatida ro‘v bergan funksional-semantik o'zgarishlarni aniqlash mumkin. A.N.Veselovskiy o'zining o‘zaro adabiy ta’sir haqidagi qarashla rini rivojlantira borib, adabiyotlararo ijodiy munosabatlaming o ‘ziga xos jihatlaridan biri - “qarshi oqim nazariyasi”ni ilgari surgan edi. Adabiy jarayonning muhim belgilaridan biri hisoblangan “o‘zaro ijodiy o ‘zlashtirish deganda qandaydir bo‘shliqda muayyan badiiy elementning paydo bo'lishini emas, balki ijodiy an’analarning “qar shi oqimi”ni, tafakkur usulining o ‘xshashligi va olamni fantastik idrok etish asosida tug‘ilgan obrazlar mushtarakligi nazarda tutiladi”. Bu nazariyaning tub mohiyati (qolaversa, bu fikx komparatavist- larning asosiy nazariy xulosalaridan biri ham edi) jahondagi turli- tuman xalqlar folkloridagi syujetlar genetik jihatdan yagona epik o'zakka borib taqalishini asoslashdan iborat edi. Demak, turli xalq- Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling