qirlab ”
sayrasa, buni yomonlik alomati deb biladilar.
Bunda ham
“Ey
jonivor, yaxshi sa yra ”
deb bir siqim un olib, boyo‘g‘li tomonga sepib
yuborishadi. Shuningdek, xalq orasida oq ilonni ko‘rganda, ustiga un
sepish, kaptarlarni qushga aylangan parilar deb e’zozlash, go‘dakka
kiygiziladigan birinchi libos - “it ko‘ylak”ni bolaga kiygizishdan av-
val it yoki ot qozig‘i ustidan aylantirish, “chaqaloq qo‘yday yuw osh
bo‘lsin” deb beshik ustiga po'stak yopish,
yosh bolani ilk bor tishi
chiqayotganda “qo‘zi tishi chiqsin” deb qo‘yga mindirish, ko‘kyo‘tal
boigan kishilarga ko‘kkaptar pati
botirilgan suvni ichirish,
bolalar
do'ppisiga bo‘ri tishi, burgut tirnog‘i, ukki patini taqish kabi odatlar
zamirida ham ajdodlarimizning turli-tuman jonivorlarai
muqaddas-
lashtirish bilan bog‘liq qadimiy tasavvurlari o‘z aksini topgan.
Xullas, folklorshunoslikdagi “ritual-mifologik maktab” nazariya
si xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti asarlarining genezisi va tadrijiy rivo-
jini qadimgi marosim va miflarga bogiab o‘rganishda muhim
ilmiy
ahamiyat kasb etdi.
Savol va topshiriqlar:
1. Folklorning o‘rganilish tarixi deganda nimani tushansiz?
2. Folklorshunoslik maktabalriga qachon asos solingan?
3. Folkloshunoslikdagi tarixiy maktabning mohiyatini tushuntiring.
4. 0 ‘zbek folklorshunosligi qanday
maktablarga suyanib ish
ko‘rgan?
5. Bugungi kundagi yetakchi ilmiy maktablar.
Do'stlaringiz bilan baham: