M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


“katartik” (“himoya magiyasi”), “so‘z magiyasi”, “apokretik”


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

“katartik” (“himoya magiyasi”), “so‘z magiyasi”, “apokretik” 
(“haydovchi magiya”), “imitativ” (“taqlidiy”), “initsial” (“biror 
muddatning birinchi kuni amalga oshiriladigan magik harakat”) 
ko‘rinishlari va “zarar yetkazuvchi magiya”, “harbiy magiya”, 
“sevgi magiyasi”, “davolovchi-muhofaza qiluvchi magiya”, 
“meteorologik magiya”, “magiyaning ikkilamchi turlari” kabi 
tiplari borligi aniqlangan.
Polyak olimi K.Moshinskiy esa J.Frezer konsepsiyasidan kelib 
chiqib, magik marosimlarni quyidagi besh tipga bo‘lgan: 1) “bir 
obyektga xos xususiyatlarning boshqa obyektga ko‘chishini namo- 
yish etuvchi harakatlar” yoki “marosimning translyatsion tipi; 2) 
“olisda joylashgan obyektga o ‘sha tarafga yuborilgan predmetlar 
vositasida masofadan yolg‘ondakam ta’sir ko‘rsatish” yoki “ma­
rosimning transmission tipi”; 3) “birorta predmetga bevosita ta’sir 
ko‘ rsatish orqali boshqa obyekt yoki predmetga fiktiv ta’sir о ‘tkazish” 
yoki “marosimning simpatik tipi”; 4) “unga o‘xshash predmetni yas- 
ash yoki unga o‘xshatish orqali o‘sha predmetning o‘zini yaratishga 
bo‘lgan fiktiv urinish” yoki “marosimning kreatsion tipi”; 5) “biror 
voqeaning ibtidosida uning taqdiriga ta’sir ko'rsatish” yoki “ma­
rosimning insepsion tipi”.
76


Demak, J.Frezerning qadimgi e ’tiqodiy qarashlar va urf-odatlar 
silsiiasiga doir ilmiy kuzatishlari o‘zbek folkloridagi so‘z magiyasi- 
ga asoslangan janrlar genezisi hamda poetikasini tadqiq etishda ham 
muhim nazariy asos vazifasini o'taydi. Zero, E.Taylorning “Ibtidoiy 
madaniyat”, J.Frezerning “Oltin butoq” asarlari folklorshunoslikdagi 
“antropologik maktab”ning nazariy asosi sifatida e’tirof etilgan.
Rus folklorshunosligida “antropologik maktab” nazariyasining 
bevosita davomchilari yetishib chiqmagan bo‘lsa-da, N.F.Sumsov 
tadqiqotlarida va ayniqsa, A.N.Veselovskiyning “Tarixiy poetikaga 
kirish” (1894), “Epitet tarixidan” (1895), “Epik takxor xronologik 
moment sifatida” (1897), “Psixologik parallelizm” (1898), “Tarixiy 
poetikadan uch bob” (1899) singari asarlarining yuzaga kelishida 
muhim rol o‘ynagan.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling