M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “antropologiya”
- “antropologik nazariya”
etnografik inetod” tamoyillariga suyangan holda, o ‘zining bu
kitobida bashariyat madaniyatining ibtidoiy davrdan sivilizatsi- yagacha bo‘lgan rivojlanish bosqichini o‘taganligi; ayrim xalqlar madaniyati va turmush tarzidagi farqli jihatlar ulaming irqiy man- subiyatiga emas, balki erishilgan taraqqiyot darajasining bir xilda emasligi bilan bog‘liqligi; har bir etnosning madaniy boyliklari bevosita o ‘sha xalqning o‘zi tomonidan yaratilishi, ajdodlaridan meros qilib olinishi yoki yonma-yon, qo‘shni bo‘lib yashovchi mil- latlarning madaniy qadriyatlaridan o‘zlashtirilishi mumkin, degan g‘oyat muhim xulosalami bayon qilgan. 66 E.Taylor o‘z salaflaridan farqli ravishda “homo sapiens” (“aqlli odam”) biologik individ sifatida emas, balki ruhiy nuqtayi nazardan baholanishi kerak, degan qarashni ilgari surdi va antropologik tad qiqotlar doirasiga madaniy-ijtimoiy faktlami ham jalb qilish lozim, deb hisobladi. Shu yo‘nalishda o‘z ilmiy tadqiqotlarini davom et tirgan olimning 1871-yilda “Ibtidoiy madaniyat” nomli mashhur kitobi, 1881-yilda esa “Antropologiya” nomli fundamental asari bosilib chiqdi. Ma’lumki, “antropologiya” atamasi Aristotel tomonidan “inson haqidagi fan” ma’nosida qo‘llanilgan. XIX asrning o‘rtalarida esa Yevropada etnografiya va folklorshunoslik fanlari yagona fanniy atama - “antropologiya” doirasida umumlashtirilgan edi. E.Taylor opining “Ibtidoiy madaniyat” asarini yozishga kirishar ekan, nemis antropologi T. Vays (1821-1864)ning keng ko‘lamdagi etnografik ma- teriallami sistemalashtirish natijasida yaratilgan “Xalqlaming tabiiy antropologiyasi” (1959) va etnografiya fanida “elementar tafakkur” yoki «insoniyat tafakkuri taraqqiyotining muayyan bir davrida turli xalqlar orasida bir xil ijtimoiy va ma’naviy tushunchalaming kelib chiqishi nazariyasi»ga asos solgan nemis etnolog olimi A.Bastian (1826-1905)ning “Odamning tarixi” (1959) nomli asarlarini qunt bi lan o‘rganib chiqqan. Bu kitoblar ma’lum ma’noda, folklor va etno grafik materiallarni “antropologik nazariya” asosida qiyosiy tadqiq etish metodikasini ishlab chiqishga asos bo'lgan. Dunyo xalqlarining madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi, an’analari, diniy, axloqiy-etik, badiiy-estetik qarashlari va poetik tafakkurida juda ko‘plab o‘xshashliklar mavjudligini aniqlagan E.Taylor, bunday umumiy jihatlarlaming kelib chiqishini insoniyat- ning o ‘ziga xos tabiati, uning ruhiyati va tafakkurining mushtarakligi hamda bashariyat madaniyati taraqqiyoti bosib o‘tgan yoining bir xilligi bilan bog‘lab izohlaydi. Bu - turli xalqlar folkloridagi mushta- rak syujet elementlari va motivlarning mavjudligini bir xalq og‘zaki badiiy ijodiyotida yaratilgan epik syujetlarning boshqa xalqlar to monidan o‘zlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan holat, deb bahola- 67 gan “migratsion maktab” ta’limotiga qaraganda ancha i!g‘or va yangi nazariya edi. Chunki E.Tayloming “qiyosiy-etnografik metod”i folk lor taraqqiyotida tarixiy-folklor jarayon dinamikasining roli va o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi, degan muhim qarashni o‘zida mujas- samlashtirgan edi. E.Taylor taraqqiyotning yuqori bosqichlariga erishgan xalqlar madaniyati, folklori va etnografiyasida saqlanib qolgan ko‘plab qa dimgi tasavvurlar izlarini topib, ularni ibtidoiy davr kishilarining ko‘hna mifologik qarashlari, ritual va marosimlari bilan qiyoslab, Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling