M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

«Migratsion maktab». XIX asming ikkinchi yarm iga kelib, folk- 
lorshunoslar miflarni qiyosiy о ‘rganish maqsadida ju d a boy faktik ma­
terial to ‘pladilar. Bu esa jahonning turli joylarida istiqomat qiluvchi 
xalqlar og‘zaki badiiy ijodi va yozma adabiyotida ko ‘plab o ‘xshash 
syujet, motiv va obrazlar mavjudligini ko‘rsatdi. Aniqlanishicha, ta- 
rixiy-etnik kelib chiqishida umumiylik bo‘lmagan xalqlam ing ertak- 
lari orasida syujet qurilishi va motivlar tizimiga ko‘ra bir-biriga juda 
o‘xshash asarlar ko‘pchilikni tashkil etar ekan. Dunyo xalqlari folk­
loridagi bunday mushtarakliklarning sababini o ‘sha davr folklorshu- 
nosligidagi asosiy yo‘nalish hisoblangan “mifologik maktab”ning 
“hind-yevropa bobosyujetlari”ni o 6rganishga asoslangan “qiyosiy- 
filologik” metodi yordamida aniqlashning imkoni boMmadi. Chunki 
epik syujetlarida o ‘xshashlik mavjudligi aniqlangan xalqlar bir-biri- 
dan j o ‘g ‘rofiy o ‘rni, etnik mansubiyati, diniy-e’tiqodiy qarashlari va 
turmush tarziga ko ‘ra jiddiy farqlanib turardi. Shu tariqa, folklorning 
bu o ‘ziga xos xususiyatini yangi ilmiy konsepsiya va nazariya aso­
sida tadqiq etish ehtiyoji tu g ‘ildi va turli-turn an xalqlar folkloridagi 
o‘xshashliklarning sababini tushuntirishga qaratilgan “sayyor syujet­
lar nazariyasi” yuzaga keldi.
Har xil xalqlar so‘z san’atidagi mushtarak epik hodisalarni folk- 
lorshunoslikda “migratsion nazariya”, “o‘zlashtirish nazariyasi”, 
“kezuvchi syujetlar nazariyasi”, “sayyor syujetlar nazariyasi” 
kabi turli xil nomlar bilan ataluvchi mazkur ilmiy y o ‘naIish XIX asr- 
ning 50-yillaridan e ’tiboran G 'arbiy Yevropa folklorshunosligida 
“migratsion maktab” nomini oldi.
Turli xalqlar epik syujetlarining o'xshashligi birinchi m arta “Ka- 
lila va Dimna” m asallarini tadqiq etgan fransuz olimi Silvester de 
Sasi tomonidan aniqlangan edi. U uzoq yillar m obaynida “Panchat- 
antra” ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi va 1816-yilda “Kalila 
va Dimna” yoki arab tilidagi «Bidpay m asallari” nom li kitobni chop 
ettirdi. S.Sasi buddaviylik aqidalarini targ ‘ib etuvchi adabiyotlarni, 
xususan, budda kohinlarining afsona, rivoyat, naql va m asallari­
ni o ‘rganib, buddizm inqirozidan keyin bu ta ’limotning m a’rifiy-
56


adabiy merosidan braxmanlar foydalanishi va “Panchatantra”ning 
shakllanish tarixiga doir^pnm atli fikrlar bildirdi.
Garchi bu tadqiqotda epik syujetlarning ko‘chishi xususida fikr 
yuritilmagan bo‘lsa-da, S.Sasining ilmiy qarashlarini davom ettir­
gan L.Delonshannmg “Hind masallari va ularning Yevropaga tarqalishi- 
ni o ‘rganish tajribasidan” (1848), V.Vageneraing “Hind va yunon 
apologlari orasidagi o ‘zaro aloqalar haqida ocherk” (1852) asarida 
xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarining ommalashishida o ‘zaro ta ’sir 
va madaniy aloqalar muhim rol o ‘ynaganligi e ’tirof etildi. Bu ikki 
tadqiqotchi qadimgi yunon masallarinmg m a’lum bir qismi Osiyo 
xalqlari folklorining ta’sirida yuzaga kelganligini asoslab, hind ada­
biy otining m a’rifiy xarakterdagi adabiy janri - apologlarning yunon- 
lar tomonidan o ‘zlashtirilishi natijasida masal janri kelib chiqqan, 
degan qarashni ilgari surdilar.
L.Delonshannmg hind apologlari va yunon masallari orasidagi 
aloqadorlik to ‘g ‘risidagi gipotetik qarashlari taniqli nemis filolog 
olimi, qiyosiy tilshunoslik va hind filologiyaga doir ko'plab ilmiy 
asarlar muallifi, Gyottingen universiteti professori Teodor Benfey 
(1809-1881) tomonidan yaratilgan “migratsion nazariya”ning kelib 
chiqishiga asos bo‘ldi.
T.Benfey “mifologik maktab” vakillarining folklor asarlari g ‘oyat 
qadimiy asoslarga egaligi haqidagi ilmiy qarashlarini m a’qullagani 
holda, “xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining taraqqiyoti o ‘zaro madaniy 
va adabiy ta ’sir jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir”, degan xulo- 
saga keldi. U folklorning rivojlanishida milliy mentalitet va tarixiy 
omillarning ahamiyatini e ’tibordan soqit qilganiga qaramay, o ‘zining 
hind adabiyoti syujetlarining boshqa xalqlar folkloriga “ko‘chib 
o'lishi” haqidagi ilmiy qarashlari bilan folklorshunoslik tarixida bu- 
rilish yasadi.
T.Benfey qadimgi hind ertaklari, naql va masallari to‘plami 
“l'nnchatantra”(milodiy I asr)ni nemis tiliga tarjima qildi va 1859- 
yilda nashr ettirdi. Olimning ana shu nashrga so‘z boshi sifatida 
ilova qilingan qariyb 600 sahifalik tadqiqotida sanskrit ertaklari
57


jahondagi boshqa xalqlar folklorida mavjud bo'lgan epik syujetlar 
bilan o ‘xshashligiga ko ‘plab dalillar keltirdi. Shuning uchun ham 
T.Benfeyning ana shu so‘z boshi-tadqiqoti folklorshunoslik tarixida- 
gi “migratsion maktab” nazariyasining boshlang‘ich nuqtasi bo'ldi.
Chunki T.Benfey “Panchatantra” va Yevropa xalqlari ertaklari 
syujet tizimidagi o ‘xshashlikning sababini hind-yevropa xalqlari- 
ning etnik tarixidagi mushtaraklik (ya’ni “mifologik maktab” taraf- 
dorlari ta ’biri bilan aytganda, “hind-yevropa bobosyujetlari”)dan 
emas, balki bu xalqlar o ‘rtasidagi o ‘zaro madaniy-tarixiy aloqalardan 
izlash lozim, deb hisobladi. Uning fikricha, Sharq madaniyatining 
G ‘arbiy Yevropa xalqlariga ta ’siri bir necha tarixiy bosqichlami o ‘z 
ichiga oladi. Iskandar Zulqarnaynning yurishlari va ellinizm davri 
(miloddan burungi VIII asrlar)da amalga oshirilgan savdo-iqtisodiy, 
madaniy aloqalar “epik syujetlarning ko ‘chishi” jarayoni ro‘y ber- 
gan birinchi bosqich boMsa, arab isteTochilarining xuruji va salb 
yurishlari davri ikkinchi bosqich deb talqin qilinadi. T.Benfeyning 
taxminicha, Osiyo xalqlari adabiyotining Yevropa folkloriga ta ’siri 
sezilarli darajada kuchayishi bilan xarakterlangan ana shu “ikkin­
chi bochqich”da Sharq adabiyoti Yevropaga asosan uch yo‘nalish 
bo‘ylab kirib kelgan: 1) 0 ‘rta yer dengizi sohillari mamlakatlari, 
shuningdek, Ispaniyaning arablar tomonidan iste’lo etilishi hamda 
“Mavritaniya madaniyati”ning yuzaga kelishi; 2) Sharq madaniyati- 
ning Yunoniston arxipelagi orqali Sitsiliya va Italiyaga kirib kelishi;
3) folklor asarlari va adabiy syujetlarning 0 ‘rta va Kichik Osiyo- 
dan Vizantiya hamda Bolqon yarim oroli orqali Sharqiy Yevropaga 
“Buyuk ipak yo‘li” bo‘ylab kirib kelishi.
T.Benfeyning yozishicha, “X asrdan e ’tiboran Hindistonga is- 
lom dinining kirib borishi natijasida yozm a adabiyot og ‘zaki badiiy 
an’ana ustidan ustunlik qila boshladi. Hind adabiyoti namunalari 
arab va fors tillariga tarjima qilinib, arablarning bosqinchilik yur­
ishlari tufayli Osiyo, Afrika va Yevropaning turli mamlakatlarida ya- 
shovchi aholi orasida keng yoyila boshlandi”. U hind adabiyoti syu- 
jetlarining Yevropa xalqlari orasida tarqalishida m o‘g ‘ullar iste’losi
58


muayyan darajada ahamiyat kasb etganligini ham e ’tirof etadi: 
“milodiy I asrda buddaviylik adabiyoti bilan birga hind masallari, 
naql va afsonalari avval Xitoyga, so'ngra Tibetga kirib borgan. Tibet 
orqali esa bu masal, naql va afsonalar buddaviylik aqidalari bilan 
birga M o‘g ‘uliston aholisi orasida tarqalgan. Bizga ma’lumki, hind 
adabiyotining ko'pgiria namunalari mo‘g ‘ul tilidan tarjima qilingan 
va shu tariqa, hind hikoyatlari m o‘g ‘ullaming qariyib ikki yuz yillik 
hukmronligi davrida Yevropaga keng yoyilgan”.
S harq va G ‘ arb xalqlari о ‘ rtasidagi adabiy aloqalaming ana shun­
day murakkab tarixiy-folkloriy tavsifini ilmiy jihatdan dalillaganligi 
uchun ham T.Benfey konsepsiyasi folklorshunoslik tarixida “tari- 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling