M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

grafik-tarixiy metod” muallifi Kaarle Kron (1863-1933)ning xiz- 
matlari katta bo‘ldi. K.Kron otasining “Kalevala”ni o ‘rganish bora- 
sidagi ilmiy izlanishlarini davom ettirgani holda, o ‘z nazariy qarash- 
larini quyidagicha talqin qilgan:
1) epos va xalq qo‘shiqlarining baynalmilal xarakteri faqat uning 
g ‘oyasida emas, balki syujetida ham aks etadi;
2) syujet muayyan motivlar tizimidan tashkil topadi;
3) syujetning ilk manbai uning barcha variantlarini qiyo slash nati­
jasida aniqlanadi;
4) adabiy an’anada mavjud bo‘lgan barcha variantlar jonli og‘zaki 
ijro jarayonida yozib olingan bo‘lsa,jo‘g‘rofiy jihatdan tasnif qilinadi;
5) tadqiqotni to ‘la yakunlash uchun har bir viloyat, har bir provin- 
siya, har bir qishloqdan yozib olingan variantlar kerak bo‘ladi. 
Muayyan folklor asarining barcha variantlari tahlil qilinganda, uning 
arxetipi aniqlanadi. .
K.Kronning bu ta ’Iimoti o ‘sha paytda Yevropa folklorshunosligi- 
da g ‘oyat keng yoyilgan edi. 1893-yilda “Zolushka” (“Yetim qiz”) 
tipidagi xalq ertaklarining J.Kuoks tomonidan tavsiflangan 350 ta 
v a rip ti nashr etilganligi ham buni tasdiqlaydi.
K.Kron o ‘z hamkasblari - fin olimi A.Aame, shved olimi K.V.fon 
Sidov hamda daniyalik folklorshunos Aksel Olrik bilan birgalikda 
1907 yilda “Xalqaro folklorshunoslar jamiyati” (“Folklore Fellows 
Communications” yoki qisqartma shakli “FFC”)ni tuzdi. Ana shu 
jam iyat nashri hisoblangan jum alda har yili ertak syujetlarining 
ko‘rsatkichlarini tuzish borasidagi izlanishlarning natijalari chop et- 
tirila boshlandi.
45


K.Kron fin folklorshunoslarining “m uayyan folklor asarining 
qadimiy shakli sodda к о ‘rinishga ega bo ‘ladi” degan qarashini 
rivojlantirib, afsona yoki epik rivoyatning ilk shaklini belgilash 
tarixiy-jo‘g ‘rofiy tadqiqotning bosh masalasi emas, degan xulosaga 
keldi. Uning fikricha, bu m etod ilk badiiy shaklning turli davrlar va 
turli hududlarda tarqalgan variantlaridagi o ‘zgarishlarni aniqlash- 
da yaxshi sam ara beradi. Olim bu nazariy qarashini o 'zin in g
qiyosiy adabiyotshunoslikka oid ishlarida, odam va tulki haqidagi 
ertaklam ing o 'zig a xos xususiyatlarini o ‘rganishga b ag‘ishlangan 
tadqiqotida, shuningdek, “K adevala” v a eston xalq qo ‘shiqlari 
haqidagi asarlarida, ayniqsa, 1926-yilda nashr ettirilgan “Folklor- 
n i о ‘rganish m eto d i” (“Die folrloristishe Arbeitsmethode”) asarida 
yanada takomillashtirdi.
“Tarixiy-jo‘ g‘ rofiy metod” keyinchalik Y.Kron va K.Kronlarning 
shogirdi, fin folklorshunoslik maktabining yirik namoyandasi Antti 
Amatus Aarne (1867-1925)ning ishlarida davomettirildi. Unfng 1910-yil- 
da nashr etilgan “Ertak tiplarining k o ‘rsatkichi” (“Verzeichnis der 
Marchentypen”), 1913-yilda chiqarilgan “Qiyosiy ertakshunoslik 
asoslari” (“Leitfaden der vergleichenden Marchenforshung”) kabi 
asarlari tarixiy-jo‘g ‘rofiy metod asosida yaratilgan. A.Aame dunyo 
xalqlari ertaklarini “motivlar silsilasidan tashkil topgan syujet”lar 
bo'yicha tasniflab, muayyan tiplarga ajratgan. Bu asar hozirga qadar 
folklorshunoslikda epik syujetlar va motivlami sistemalashtirishning 
ilmiy-nazariy asosi sifatida foydalanib kelinmoqda.
A .A arnening “K o‘rsatkichi” asosan Yevropa xalqlari ertaklari 
asosida tuzilgan b o ‘lib, unda ertaklar quyidagicha tasniflangan: 
I. Hayvonlar haqidagi ertaklar; II. S o f ertaklar: a) sehrli ertaklar; 
b) afsonaviy ertaklar; d) novellistik ertaklar; e) laqma shayton (yoki 
“pahlavon”) haqidagi ertaklar; III. Latifalar.
Bu guruhlarga mansub ertaklar mavzu tiplari bo‘yicha tavsiflan- 
gan bo‘lib, har bir ertak o ‘zining alohida tartjb raqamiga ega. Olim 
“Hayvonlar haqidagi ertaklar”ni 1-299, “S o f ertaklar”ni 300-1199, 
“Latifalar”ni esa 1200-1999 raqamlari bilan belgilagan.
46


“Fin folklorshunoslik maktabi”ning asosiy yutug‘i - tahlilga jalb 
etilayotgan faktik materialning qamrovi kengligi, syujetlaming vari- 
antlari imkoni boricha geografik va tarixiy-xronoiogik nuqtayi na- 
zardan ko'proq boiishiga erishishdan iborat edi. Bu maktab metodi- 
kasi o‘rganilayotgan epik syujetning jahon xalqlari folklorida mav­
jud bo‘lgan va aniqlangan barcha variantlarini qamrab olishi bilan 
xarakterlanadi. Shuning uchun ham fin folklorshunoslik maktabining 
ilmiy metodi ba’zan “jo ‘g‘rofiy-statistik metod” deb ham ataladi. 
Mavjud barcha variantlarni qiyosiy o ‘rganish asosida muayyan er- 
takning arxetipini rekonstruksiya qilish hamda mazkur syujetning ilk 
shakllanish joyi va manbaini aniqlab, uning keyingi tarqalish arealini 
ertak motivlari, syujetlari va syujet elementlarini formal tahlil qilish 
asosida ko‘rsatib berish fin folklorshunoslik maktabining o ‘ziga xos 
xususiyati bo‘lgan. Shuning uchun ham bu maktab metodikasi folk- 
Iorshunoslar tomonidan “statistik-sxematik tahlil” deb baholandi 
va A.I.Nikiforov, R.M.Volkov, D.K.Zelenin, K.S.Konkka kabi folk- 
lorshunoslaming bahs-munozarali chiqishlariga ham sabab bo‘ldi.
A.Aarne tomonidan ishlab chiqilgan “K o‘rsatkich” esa jahon 
xalqlari ertaklarini yaxlit tizim sifatida tahlil qilish va syujeflarni qi­
yosiy o £rganish modelini taqdim etganligi bilan fin folklorshunoslik 
maktabining kuchli jihatini aks ettiradi.
Shu bilan bir qatorda, “fin maktabi” tomonidan folklorni tadqiq 
etishga tatbiq qilingan metod muayyan kamchiliklardan ham xoli 
cmas edi. Ertakshunoslarning 1932 yilda Lunde (Shvetsiya) shah- 
rida boMib o'tgan xalqaro kongressda so‘zga chiqqan shved olimi 
K.V.Sidov bu maktabning asosiy nazariy xatolarini shunday bayon 
qildi: “Agar Antti Aamening ayrim ertaklarga bag‘ishlangan mono- 
I’ratiyasi hamda “fin maktabi”ning boshqa mamlakatlardagi tarafdor- 
litri tomonidan yozilgan xuddi shunga o ‘xshash ishlar bilan tanishib 
chiqqan kishi, ertakshunoslik boshi berk ko‘chaga kirib qolganligi, 
endi bu y o i bilan hech qayoqqa bora olmasligiga amin bo‘ladi. “Fin 
maktabi”da ishlab chiqilgan metod shu qadar sodda, sxematik va 
biming ustiga, ko‘pincha noaniq va yuzaki m a’lumotlarga asoslan-
47


gan. Har bir monografik tadqiqotning vazifasi mazkur erlakning ilk 
syujet asoslarini topish va u yuzaga kelgan joyni aniqlashga qaratil- 
gan bo‘lib, bunda ertakning barcha variantlari bir xilda baholanadi 
va tahlil sxematik-statistik usulda olib borilgan. Bimday tadqiqot 
natijasida esa, ertakning dastlab paydo bo‘lgan eng sodda syujet 
o ‘zagi emas, balki mukammal motivlar tarkibiga ega bo'lgan yaxlit 
matn, y a’ni ertak taraqqiyotining eng keyingi mahsuli aniqlangan. 
0 ‘zining syujet qurilishiga k o ‘ra tadqiqotchilar aniqlagan ana shu 
“praforma”ga eng yaqin deb topilgan ertak yozib olingan joy esa er­
takning prosyujeti yuzaga kelgan taxminiy hudud deb belgilanadi”.
Tarixiy-jo‘g ‘rofiy metodning “sxematizm” bilan bog‘liq xato- 
lari amerikalik professor Stif Tompson tomonidan to ‘g ‘rilandi. U 
1926-1927-yillarda K.Kron rahbarligida A.Aamening “Ertak tiplari 
ko‘rsatkichi”ni qayta nashrga tayyorlash borasida boshlagan ishlarini 
davom ettirdi va uni ingliz tiliga taijim a qilib, 1928-yilda nashr ettirdi. 
Oradan bir yil o ‘tgach, “Folklore Fellows Communications”, y a ’ni 
“FFC” yillik: ilmiy to ‘plamida rumin, venger, island, ispan ertaklari- 
ning syujet ko ‘rsatkichlari chop ettirildi.
Ertakshunoslarning 1935-yilda Lunde shahrida o ‘tkaziIgan nav- 
batdagi xalqaro anjumanida A.Aarne ko ‘rsatkichining boyitilgan va 
to‘ldirilgan namunasini tayyorlash lozim, degan xulosaga kelindi. 
A w algi izlanishlardan farqli o ‘laroq, yangi ko‘rsatkichni yaratishda 
faqat ertaklar bilan cheklanib qolmasdan, dunyo xalqlari folklori- 
dagi mif, afsona, latifa hamda badiiy jihatdan qayta ishlangan ada- 
biy ertaklar materialini ham jalb qilish tavsiya qilindi. Bu g ‘oyat 
mashaqqatli va ko‘lamdor tadqiqotni amalga oshirish esa S.Tompson 
zimmasiga tushdi.
S.Tompson jahonning turli mamlakatlarida chop ettirilgan va 
Folklor arxivlarida saqlanayotgan ulkan hajmdagi faktik materialni 
tahlil qilishga kirishar ekan, “fin maktabi” asoschilari tomonidan 
qo‘llanilgan “tiplarga ajratish metodi” bu darajadagi katta mate­
rialni sistemalashtira olmasligini sezib qoldi. 0 ‘z salaflaridan farqli 
o ‘laroq, S.Tompson syujetlarni tiplarga ajratishning eng kichik rub-


rikativ birligi sifatida syujetni emas, balki motivni tanladi va shu 
asosda ish olib bordi. Shuning uchun ham 1936-yilda nashr etilgan 6 
jildlik katalog “Ertak motivlarining ko'rsatkichi” deb atalgan bo‘lib, 
ilk jildning aw alidagi so‘z boshida “K o‘rsatkich”ning mohiyati ha­
qida m a’lumot berilgan edi.
S.Tompson o ‘zining mazkur “K o‘rsatkich”iga kiritilgan motiv- 
lami quyidagi tartibda guruhlashtirgan:
1) qadimgi kosmogonik m if motivlari;
2) totemizm, magiya, inonch-e’tiqodlar, xalq qarashlari, g ‘ay- 
rioddiy kuchlar haqidagi tasavvurlar hamda jonivorlarning ramziy 
obrazlari bilan aloqador motivlar;
3) “inson taqdiri va xarakterining individual sifatlari” tasviri bilan 
bog‘liq motivlar;
4) qirollar, shahzodalar, shohona urf-odatlar, ijtimoiy tabaqalar va 
kasb-hunarlar bilan bog‘liq nasriy asarlar motivlari (S.Tompson bu 
guruhni “ijtimoiy tizimga oid motivlar” deb nomlagan);
5) taqdirlash va jazolash bilan bog‘liq motivlar;
6) qochish, johillik, shahvoniyat, uylanish va tug'ilishga oid motivlar;
7) diniy motivlar;
8) yumoristik motivlar.
Xalq nasri asarlarini syujet tiplari bo‘yicha emas, balki syujet 
qurilishini tashkil etuvchi a n ’anaviy motivlar silsilasi asosida tasnif- 
lashning S.Tompson tomonidan taklif qilingan usuli folklorshunoslar 
tomonidan qoMlab-quvvatlandi. Chunki aw algisiga nisbatan mu- 
kammalroq bo'lgan bu usulning afzalligi - epik syujetlar migratsiya- 
sining hududiy qamrovini yanada aniqroq belgilash, tahlil qilinajak 
Ihktik material qamrovini kengaytirish hamda folklorning ertakdan 
boshqa janrlariga ham tatbiq etilish imkoniyatiga egaligida edi.
S.Tompson 1946-yilda Indiana universiteti (AQSH) huzurida 
I'olklor institutini tashkil etdi va folklorshunoslikdagi “antropologik 
mnktiib” vakillarining bahs-munozaralariga qaramay, «tarixiy- 
jo*g‘rofiy metod» asosidagi ilmiy tadqiqotlarni izchil davom ettir- 
ili Natijada Polineziya va Mikroneziya, Yevropa mamlakatlari va
49


Amerika xalqlari ertaklarining motivlar ko ‘rsatkichlari nashr etildi. 
1955-yildan boshlab esa S.Tompson tomonidan tuzilgan “Motivlar 
ko‘rsatkichi”ning qayta ishlab, toidirilgan nashri chiqarila boshlandi.
Jahon xalqlari folklorining ertak, mif, afsona, rivoyat, naql, ma- 
sal, latifa va boshqa janrlari materiallari asosida to ‘ldirilgan mazkur 
“K o‘rsatkich” folklorshunoslikda “baynalmilal yig‘ma katalog” sifa­
tida yuqori baholandi. Shuning uchun ham bu ko ‘rsatkich “Yevropa 
folklorshunoslar jam iyati” (FFC) tomonidan 1961-yilda Xelsinkida 
nashr ettirildi. So‘ngra Ilmiy izohlar, tuzatishlar va aniqliklar kiritil- 
gach keyin 1964,1973-yillarda qayta chop etildi va “Aarne-Tompson 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling