M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Zardo'shtiylik bilan b o g ‘liq mifologik tasavvurlar
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
Zardo'shtiylik bilan b o g ‘liq mifologik tasavvurlar.
Xalq o g ‘zaki ijodida an’anaviy tarzda qo ‘llaniluvchi ajdar, dev, pari, Se- m urg\ Jo 'mard, Aranja bobo, Axriman, aranglar, Zahhok, Siyovush, Hubbi, Ashshadarozi, Sustxotin, Haydar kabi ko'plab asotiriy obraz- laming tarixiy asoslari zardo‘shtiylik mifologiyasiga borib taqaladi. “Avesto” mifologiyasi va zardo'shtiylik rituallari negizida ke- yinchalik o ‘zbek marosim folkloridagi ayrim janrlar shakllangan. Yomg‘ir chaqirish maqsadida o ‘tkazib kelingan Sust xotin marosimi, Amudaryo suvining m o‘l bo‘lishi hamda toshqin halokatining oldini olish maqsadida Orolcha avliyo degan joy da shu nom bilan ataluvchi afsonaviy homiy sharafiga ho‘kiz so‘yib, qurbonlik qilish, navro'z bayramini o ‘tkazish, sumalak pishirish, bahor faslida an ’anaviy gul sayllari (boychechak sayli, lola sayli, guli surx sayli, qizil gul sayli kabilar)ga chiqish, safar qochdi va oxir chorshanba marosimlarini o ‘tkazib, olovdan hatlash, shamol piri sifatida e’tirof etilgan Haydar yoki Ajdar boboga murojaat qilib, shamol chaqirish, sumalak pishi- rayotganda Ashshadarozi o ‘yinini tashkil etish, kelin-kuyovni olov atrofida aylantirish, marhumlar mozoriga “qushlar haqi” deb bug‘doy sepib qo‘yish, daryodan o ‘tayotganda Hubbiga sig‘inish va suvga tuz tashlash, dalaga birinchi qo‘sh chiqarishdan avval ho‘kizlarning shoxini moylash kabi a n ’anaviy marosim va udumlarimizning tarixiy asoslari bevosita zardo‘shtiylik hamda “Avesto” mifologiyasining e ’tiqodiy inonchlar tizimidagi talqinlariga bog‘lanadi. 0 ‘zbekistonning istiqlolga erishishi qadimgi tasavvurlar bilan bog‘liq folklor asarlari, jum ladan, mifologik syujet va motivlarni keng ko'lam da o'rganishgakatta imkoniyatlar yaratdi. “Mifologik maktab” vakillarining ilmiy tadqiqotlari arxaik miflar haqidagi ilmiy tasaw urlam i boyitish, qadimgi turkiy, hind, eron, ger man, kelt, slavyan va boshqa xalqlar mifologiyasini keng ko‘lamda 40 (•‘rganish hamda xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarini to‘plash va tad qiq etish bilan bog‘liq. ko‘pgina nazariy muammolarning hal qilini- shiga asos bo‘ldi. Bevosita “mifologik maktab” konsepsiyalari aso sida mifologiya, folklor va adabiyotni qiyosiy o ‘rganish yo'nalishi shakllandi. Shuning uchun ham bu maktab ilmiy konsepsiyalari qa dimgi miflarni tadqiq etishda bugungi kunga qadar muhim nazariy asos vazifasini о ‘tab kelmoqda. Folklorshunoslikdagi “mifologik maktab”ning tadqiqotlarida ay- rim chalkashliklar ham mavjud bo‘lgan. Xususan, folklorni haddan ziyod arxaiklashtirishga urinish; xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining kelib chiqishida tarixiy voqelikning rolini e ’tiborga olmaslik, folklor .san'alining barcha turlariga m if asos bo‘lgan, degan qarashni ilgari surish; tarixiy shaxslar obrazi talqinidan ham mifologik tasaw ur- laming izlarini izlash kabi xatoliklar shular jumlasidandir. “Mifologik maktab”ning metodologiyasi va, ayniqsa, uning “qi yosiy mifshunoslik”ka oid tadqiqotlarida aks etgan nazariy qarashlar, shuningdek, bu yo‘nalish vakillarining ilmiy izlanishlari natijasida to‘plangan keng ko‘lamli faktik materiallar keyinchalik folklorshunos- likda “syujetlaming ko‘chib yurishi” yoki “sayyor syujetlar nazariya si” nomini olgan “migratsion maktab”ning shakllanishiga asos bo‘ldi. Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling