M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

shunoslik” yo‘nalishini boshlab berdi. Uning “Qiyosiy mifologiya 
bo‘yicha tajribalar” (1856) nomli asarida etimologik asosi hind-yev- 
mpa bobo tilidagi o ‘zak leksemalarga borib taqaladigan mifonim- 
lar tahlil qilingan. U miflarning qadimiy ildizlarini animizm, magik 
rilwallar yoki totemizm bilan emas, balki ibtidoiy odam tilining lek- 
sikasidan izladi. Uning fikricha, mifologiyaning yuzaga kelishiga 
qadimgi odamlar dunyoqarashi va intellektining soddaligi emas,
35


balki ibtidoiy tilning o ‘ziga xos tabiati asos bo‘Jgan. Ibtidoiy odam 
tilida narsa-hodisalami ifodalovchi so‘zlarning ko‘plab smonimlari 
mavjud bo‘lgan va davrlar o ‘tishi bilan ana shunday sinonimlardan 
ba’zilarining asil m a’nosi unutilgan. Arxaik tilga mansub so'zlam ing 
keyingi avlodlar uchun tushunarsiz bo‘lib qolishi, ya’ni semasiologik 
o'zgarishlar (M.Myuller ta ’biri bilan aytganda, “tilning kasalligi”) 
esa miflarning kelib chiqishi uchun zamin hozirlagan.
Paleolingvistika va qiyosiy filologiya metodlaridan unumli foy- 
dalangan M.Myuller miflar mohiyatini osmon yoritqichlarining ilo- 
hiylashtirilishi an ’anasi bilan bog‘lab talqin qilish asosida qadimgi 
mifologiyani o ‘rganishga kirishdi. Natijada “mifologik maktab” ta- 
rixida “solyar nazariya”, y a ’ni “shamsiy nazariya” deb nomlangan 
yo‘nalish yuzaga keldi.
Bu yo‘nalish tarafdorlari mifni tabiat hodisalari haqidagi qadim­
gi tasavvurlar majmui, deb tushunadilar. B a’zan “astral-mifologik 
nazariya” deb ham yuritiladigan bu ilmiy qarashga ko‘ra, qadimgi 
odamning tabiat haqidagi ibtidoiy inonchlari dastlabki mifologik 
tasavvurlar tizimining asosini tashkil etgan.
“Meteorologik nazariya”ni Shimoliy Germaniya aholisining a f ­
sona, ertak, urf-odat va tasaw urlarini tadqiq etish asnosida rivojlan- 
tirgan etnograf va folklorshunos V.Shvars (1821-1899) “mifologik 
maktab” tarixida “demonologik nazariya” nomi bilan yuritiladi- 
gan konsepsiyani asoslab berdi. U “Mifologiyaning kelib chiqishi” 
(1849) asarida yovuz kuchlar bilan bog‘liq xalq qarashlari va irim- 
sirimlarga aloqador asotirlami “quyi mifologiya” deb atadi va bu 
atama folklorshunoslik amaliyotidan o‘rin oldi.
“M ifologik maktab” xalq og ‘zaki badiiy ijodiyotining paydo 
bo‘lishi va taraqqiyoti masalasini tadqiq etib, folklorning ilk za- 
mini diniy-e’tiqodiy xarakter kasb etgan m ifologiya ham da tilning 
obrazliligi bilan alohida ajralib turgan qadimgi shakllaridadir ,de- 
gan muhim nazariy xulosaga keldilar. Folklor asarlari tarkibidagi 
mifologik obraz, syujet va m otivlarni tarixiy-qiyosiy o £rgangan 
mifologlar uzoq davom etgan tarixiy-folkloriy jarayon natijasida
36


mifologik obrazlar ertak, afsona, topishmoq va boshqa folklor janr- 
lariga transformatsiyalashishini aniqladilar.
Xalq og‘zaki ijodi asarlarini qiyosiy metod asosida o'rganish va 
folklomi “xalq ommasining ijodkorligi natijasida yaratilgan qadri- 
yat” sifatida talqin qilish (ya’ni folklorga xos “kollektiv ijod mahsuli 
ekanlik” belgisi) an’anasi folklorshunoslik tarixida birinchi marta 
“mifologik maktab” tadqiqotlarida amalga oshirildi.
Mif, afsona, ertaklarni sistemali to‘plash va tahlil qilish ishlari 
bevosita “mifologik maktab”ning shakllanishi bilan bog‘liq holda 
boshlandi. Bu ilmiy maktab vakillari miflarni milliy qadriyatlar 
tizimi va an’anaviy madaniyatning ibtidosi sifatida talqin qildilar.
“Mifologik maktab”ning rivojlanishi natijasida XIX asming 
o4rtalariga kelib folklorshunoslikda bir qator yangi nazariyalar yu­
zaga keldi. Jumladan, miflarni astronom ik yoxud tabiiy hodi- 
salarning allegoriyasi tarzida tasaw u r qilishga asoslangan “solyar- 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling