M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V
Download 5.86 Mb. Pdf ko'rish
|
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “etim ologik y o ‘na!ish”
- “pramathyas”
- “meteorologik nazariya”
- “qiyosiy inif
by
ацда кеигроц маълумот олиш учун царанг: Мелетинский Е.М. М ифология/ / Мифы народов мира. ТЛ. — М., 1982, 16-17 с. 31 xos bo‘lgan miflarni tahlil qilishga tarixiy nuqtayi nazardan yondash- di. Mifologiyani tadqiq etishda birinchi marta «qiyosiy metod»ni qoMlagan B.Fontenel antik miflarni qadimgi hind asotirlari bilan qiyoslab o ‘rganish asnosida jahonning turli xalqlari miflari orasida- gi o ‘xshash va farqli jihatlarni aniqladi. Miflarni qiyosiy o ‘rganish tajribasi J.Lafitoning Shimoliy Amerikada istiqomat qiluvchi hindu qabilalari mifologiyasiga bag‘ishlangan asarlarida ham q o ‘llanilgan. M if mohiyatini oydinlashtirishda XVIII asrda yashagan italiyalik olim J.Viko (1668-1744)ning miflarni “poejik nutq”ning arxaik shakli sifatida talqin qilishga asoslangan nazariyasi, shuningdek, uning “ibti doiy ideologiya sinkretizmi”, “mifning poetik tabiati”, “m if - ilohiy poeziya ekanligi” haqidagi ilmiy qarashlari muhim ahamiyatga ega boMdi. Uning yozishicha, insoniyat o‘z taraqqiyotining eng quyi qat- lamida fikrni imo-ishoralar, belgi-ifodalar va ramzlar vositasida bayon qilgan. Bu “til” shakli o ‘z mohiyatiga ko‘ra metaforik, ya’ni «poetik nutq» tabiatiga ega bo‘lgan. Mifni talqin qilishning bu o ‘ziga xos naza riyasi keyinchalik mifshunos M.Myuller tomonidan ilgari surilgan “miflarni lingvistik talqin qilish konsepsiyasi”ga asos b o ld i. XIX asrda yashab, ijod qilgan nemis olimlari I.G.Gerder (1744- 1803), A.B.Shlegel (1767-1845) vaF.Shlegel (1772-1929) asarlarida mifologiya “qadimgi ajdodlar tomonidan yaratilgan poetik qadriyat”, “diniy e ’tiqodning ilk shakli”, “qadimgi odamlaming borliqni ramz va timsollar vositasida anglashining natijasi” tarzida talqin qilin- gan. Nemis faylasufi I.G.Gerder miflarda ham muayyan darajadagi “badiiylik va milliy o ‘ziga xoslik” mavjudligini qayd qilgan bo ‘lsa, F.Shlegel “m if tili”, y a ’ni «ramz va timsollar nazariyasi»ni ilgari surgan. Uning “mifologiyani insoniyat ruhiyatining tub-tubidan, eng chuqur qatlamlaridan chiqarib olmoq kerak, ana shunda u har qanday san’at asaridan go‘zalroq ekanligiga amin bo‘lasiz. Chunki san’atning barcha turlarini o ‘zida mujassam etgan m if she’riyatning ilk sarchashmasidir”, - degan so‘zlari qadimgi miflarning sinkretik xarakteri va badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o ‘rnini baholashda muhim nazariy ahamiyat kasb etadi. 32 Mifni “har qanday san’atning ilk manbai” sifatida talqin qilish ro- mantizm davrining yirik faylasufi F.Shelling (XIX asr) estetikasining ham asosini tashkil etgan. 0 ‘zining “San’at falsafasi” nomli asari- da mifologiyani “estetik fenomen” sifatida tahlil qilgan F.Shelling ta’limotieha, m if - tabiat hodisalarini xayoliy uydirma, fantaziya va ramzlar vositasida “anglash” mahsulidir. Xullas, XIX asrning birinchi yarmida F.Shelling va A.Shlegelning mifik tafakkur falsafasi hamda mifning estetik mohiyati xususidagi nazariy qarashlari, shuningdek, L.Amimning K.Brentano bilan ham- korlikda yaratilgan “Bolaning g‘aroyib shoxi” nomli tadqiqoti, “Gey- delberg romantiklar to ‘garagi”ning a ’zosi I.I.Gyorres (1776-1884) ning “Miflar tarixi” asari va boshqa olimlarning qadimgi miflarni o ‘rganish asosida chiqargan xulosalari Yevropa folklorshunosligi- dagi “mifologik maktab”ning shakllanishi uchun asos boidi. “Mifologik maktab”ning yuzaga kelishi va folklorshunoslikning o'ziga xos ilmiy yo‘nalishiga aylanishida Vilgelm Grimm va Yakov Grimmlarning xizmatlari k attab o ‘ldi. Ulaming folkloristik tadqiqot- larida xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining qadimiy asoslari, ayniqsa, mifologiya masalalari muhim o ‘rin tutgan. 1835-yilda Y.Grimmning “Nemis mifologiyasi” nomli asari bosilib chiqdi. “Edda” va “Ni- belungi” eposlari tahliliga bag‘ishlangan bu kitobda m uallif o ‘rta asr solnomalari hamda avliyolaming manoqiblari, ko‘hna tasav- vur va e ’tiqodlarning folklor asarlarida, xalq urf-odatlari va ma- losimlari, rasm-rusum va odatlarida saqlanib qolgan qoldiq holdagi ko'rinishlarini qiyosiy tahlil qilish orqali qadimgi german miflari- ning ildizlarini aniqlashga harakat qilgan. Y.Grimm mifologik (asavvurlarning maqol, matal, qo‘shiq, topishmoq, afsona kab ijan - rlarda saqlanib qolgan izlari qadimgi germanlarning tasavvurlari va c ’tiqodiy qarashlari tizimi qanday bo‘lganligini aniqlashda o ‘ziga 40 s kalit rolini o ‘taydi deb hisoblagan. U yoki bu mifologik tasav- \ uming qadimiylik darajasini oshirib ko‘rsatishga urinish, afsona, ciink, topishmoq tarkibidagi mifologizmlarni “qadimgi tasavvurlar qoldigT' sifatida talqin qilishda folklor janrlarining shakllanish ja- 33 rayoniga xos tarixiylik prinsipini hisobga olmaslik hamda qiyosla- nayotgan hodisalarning zohiriy mutanosibligiga berilib ketish kabi kamchiliklaridan qat’iy nazar, Y.Grimmning bu asari folklorshunos- likda katta shuhrat qozondi. Y.Grimm tomonidan qo‘llanilgan «qiyosiy mifshunoslik metodi» katta hajmdagi faktik materialni ilmiy tavsiflashga imkon berdi. Bu asar faktik materialga boyligi, metodologik asosining o 'z davriga nisbatan yangiligi, m if talqiniga doir barcha ilmiy qarashiarni o ‘zida mujassamlashtirganligi va german miflarining tizimiy tahliliga bag‘ishlanganligi tufayli, uning muallifi Y.Grimmning ilmiy kon- sepsiyasi folklorshunoslikda “mifologik maktab nazariyasi”ga asos soldi, deb e ’tiro f etildi. Shu tariqa folklorshunoslik fani tarixida “m i fologik maktab” atamasi paydo bo‘ldi. “M ifologik maktab” jahonning ko‘pgina mamlakatlari folklorshu- nosligida keng ko‘lamda rivojlandi. Bu borada, ayniqsa, Germaniya (A.Kun, V.Shvars, V.Manxardt), Angliya (M.Myuller, J.Koks), Ita- liya (A.De.Gubernatis), Fransiya (M.Breal), Shveytsariya (A.Pikte), Rossiya (A.N.Afanasyev, F.I.Buslayev, O.F.Miller), Amerika (E.Chembers, G.Marrey, J.Xarrison, J.Ueston, F.Kornford)da olib borilgan ilmiy tadqotlar “mifologik maktab” nazariyasini takomil- lashtirishga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. XIX asm ing ikkinchi yarmidan e ’tiboran “m ifologik m aktab” bir nechta y o ‘nalishga bo‘lingan ho Ida taraqqiy eta boshladi. Shular- dan biri “mifning ilk mohiyatini lingvistik tahlil vositasida rekon- struksiya qilish” yoki “etim ologik y o ‘na!ish” deb ataldi. A.Kun, V.Shvars, V.Manxardt, M.Myuller, F.I.Buslayev, A.TSJ.Afanasyev, A.A.Potebnya kabi olimlar hind-yevropa tillari materiali asosida keng k o ‘lamli qiyosiy-lisoniy va etim ologik tahlil vositasida mi- fologiyaning arxaik qatlamini rekonstruksiyalashga bag‘ishlangan asarlar yaratdilar.. T o‘g ‘ri, mifni qadimgi odam tomonidan ijod qilingan “lisoniv hodisa” sifatida baholash an’anasi XVIII asrdayoq mavjud bo‘lgan. M asalan, mifni “lisoniy belgi” deb bilgan J. Vikoning fikricha, barcha 34 miflar quyoshning chiqishi va botishi, nur va zulmat bilan bogiiq. “Qadimgi xalqlar mifologiyasi va simvolikasi” kitobining muallifi F.Kreyserning yozishicha, “ilk diniy e’tiqod tabiatni jonlantirishdan kelib chiqqan, shu bois, tildagi ayrim ramziy timsollaming mohiyati ham shu bilan izohlanadi” . Mifshunoslikdagi “lingvistik tahlil metodi”ni chuqur o ‘zlashtirgan A.Kun (1812-1881) о ‘zining “Olov va ilohiy sharbatning keltirilishi” (1859) asarida “etimologik yo‘nalish”ning asosiy nazariy qarashlari va metodini yoritib berdi. Prometey haqidagi yunon mifini tahlil qil gan tadqiqotchi mazkur asotir qahramoni nomining kelib chiqishini qadimgi sanskrit tilidagi “pramathyas” - “parmalovchi” m a’nosini bildiruvchi so‘zga bog‘laydi. Bu lingvofolkloristik xulosa qanchalik bahsli boiishidan qat’iy nazar, mifonimlarni tadqiq etish borasidagi dadil qadam hisoblanadi. A.Kun о ‘zining “Miflarning shakllanish bosqichlari” nomli asari da (1873) miflarni paleolingvistik aspektda o‘rganishga doir izlanish- larini davom ettirdi. U “ko‘pgina miflar momaqaldiroq, chaqmoq, yom g‘ir, shamol, bulut kabi tabiat hodisalarining ilohiylashtirilishi natijasida yuzaga kelgan” degan qarashni ilgari surish orqali “mi fologik maktab” ning “meteorologik nazariya” nomli yangi ilmiy konsepsiyasini yaratdi. Miflarning kelib chiqishi bilan bog‘liq “lingvistik konsepsiya” tarafdorlaridan yana biri M.Myuller (1823-1900) ham A.Kun nazari- yasini qo‘llab-quvvatladi. Asosan, sanskrit va qadimgi yunon tillarini qiyosiy tadqiq etish biian shug‘ullangan bu olim o ‘z metodikasini mifologiyaga ham tatbiq etdi va folklorshunoslikdagi “qiyosiy inif- Download 5.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling