M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

haqidagi miflar
(masalan, Siyovush haqidagi mifologik syujetlar): 
8) animistik miflar
(jon to‘g‘risidagi qadimgi tasavvurlami o ‘zida 
mujassamlashtirgan miflar): 9) manistik miflar
(ajdodlar homiyligi 
haqidagi miflar); 10) dualistik miflar
(ezgulik va yovuzlik kuchlari 
o £rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o £zida aks ettirgan mif­
lar); 11) esxaiologik miflar
(olamning intihosi, oxir zamon to‘g‘risidagi 
miflar).
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim 
amaliy ahamiyat kasb etgan mifologiya ibtidoiy madaniyatning ne- 
gizi, olamni idrok etishning qadimiy vositalaridan biri, badiiy ta- 
fakkuming ibtidosi hisoblanadi. M ifologiyaning asosini qadimgi
28


odamning koinot, tabiat, inson, osmon jism lari, narsa va hodisalar­
ning paydo bo'lishi haqidagi miflar tashkil etadi.
Mifologiyaning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar to ‘g ‘risi- 
dagi shamsiv. qamariy va astral miflar, olamning paydo bo‘lishi haqi­
dagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi antropogenik 
miflar, qadimgi e ’tiqodiy qarashlarni o'zida ifoda etgan totemistik, 
animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati 
shakllangan hududlarda esa tabiiy-iqlimiy o‘zgarishlaming ramziy- 
metaforik talqinlari asosiga quriigan taqvimiy (kalendar) miflar va 
olib-tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xusu- 
san, Osiris (qadimgi Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), 
Siyovush ( 0 ‘rta Osiyo) haqidagi m ifologik syujetlar shu tariqa 
yuzaga kelgan. 0 ‘zining ilk taraqqiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy 
inonchlardangina iborat bo‘lgan mifologiya insoniyat tafakkurining 
tadrijiy rivoji davomida olam, jam iyat va tabiat haqidagi asotiriy 
syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini o ‘z ichiga olgan mu- 
kammal tizimga aylangan.
Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qadimiy 
shakllari mifologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Ibtidoiy 
dunyoqarash tizimi sifatida shakllangan mifologiya qadimgi diniy 
e'liqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axloqiy va 
ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doir eng sodda tu- 
shunchalari, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga quriigan ramziy- 
metaforik obrazlar, shuningdek, so‘z san’ati, marosimlar tizimi va 
mifologik tafakkurning turli xil shakllarini o ‘z ichiga qamrab olgan.
11 qadimgi odamning borliq olamni idrok etishga doir tasaw u r va qa- 
rashlarini o‘zida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning 
vctakchi g ‘oyasi bo‘lib xizmat qilgan. Mifologiya ibtidoiy insonning 
qarashlarini o ‘zida mujassamlashtirgan sinki'etik hodisadir. Shu bois, 
mifologiya folklor, yozma adabiyot, san’at va m a’naviy qadriyatlar- 
ning shakllanislii uchun zamin vazifasini o ‘tagan.
Ivzgulik kuchlarining xaos(zulmat)ni o‘ziga makon qilgan yovuz- 
likka qarshi kurashini o ‘zida aks ettirgan qadimgi miflar badiiy
29


tafakkurning shakllanishida muhim rol o ‘ynagan. Voqelikni estetik 
kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy so‘z vositasida talqin 
qilish an’anasi kelib chiqqach, qadimgi miflarning asosiy qismi so‘z 
san’atining turli janrlariga singib ketgan. 0 ‘zbek xalq og ‘zaki badiiy 
ijodiyotidagi ко‘plab epik syujet va an ’anaviy motivlarning gene- 
tik ildizlari bevosita mifologik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. 
Miflar “Avesto”, “Iliada”, “Ramayana”, “Shohnoma”, “Kalevala”, 
“Alpomish” , “G o‘ro ‘g ‘li” kabi buyuk badiiy yodgorliklarning yara- 
tilishida ham salmoqli o ‘rin tutgan.
Qadimgi mifologik tasavvurlar va asotiriy syujetlar badiiy tafak­
kurning shakllanishi hamda taraqqiyotida o ‘ziga xos sarchashma 
vazifasini o ‘taganligi uchun ham, xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti, 
yozm a adabiyot va san’at asarlarida mifologik negizga ega bo‘lgan 
ko‘plab asotiriy personajlar uchraydi. Mifologik tasavvurlar asosida 
kelib chiqqan bunday obrazlar xalq xayoloti va voqelikni fantastik 
talqin qilish an’anasining mevasidir. Mifik obrazlar muayyan voqea- 
hodisaning jonlantirilgan timsoliy ifodasi bo‘lib, voqelik mohiyatini 
metaforik, ramziy va istioraviy holatda o ‘ziga ko‘chirganligi uchun 
ham uning shakliy tajassumi hisoblanadi.
Mifik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma - fantaziya mahsuli bo‘lib, 
koinot, tabiat va jam iyatdagi turli-tum an hodisalar, qadimgi odam 
tasaw urida mavjud bo‘lgan g ‘ayrioddiy kuchlarning kelib chiqish 
sabablarini izohlashga xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, 
qadimgi mifologiyaning tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar 
adabiyot va san’atga ko ‘chgan. 0 ‘zbek mumtoz adabiyoti namo- 
yandalarining asarlari, “Alpomish”, “K untug‘mish”, “Rustamxon” 
hamda “G o‘ro ‘g ‘li” turkumiga mansub dostonlar, o ‘zbek xalq afso- 
nalari va ertaklaridagi mifologik obrazlar shular jumlasidandir. Folk­
lor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar badiiy talqinning to'laqonli 
chiqishi hamda poetik tafakkurning keng qamrovliligini ko ‘rsatish 
vazifasini bajaradi.
M if qadimgi odamning ishonch-e’tiqodlari, o ‘y-xayollari, diniy 
qarashlari va ilk ijodiy izlanishlarining so‘z vositasida ifoda etilgan
30


ko‘rinishlaridan biridir. Mifni ibtidoiy odam m a’naviy oiamining 
muayyan ehtiyojlari, ya’ni o ‘z dunyoqarashini bayon etish zarurati 
yuzaga keltirgan. Voqelikni badiiy idrok etish an’anasining ibtidosi 
sifatida qadim zamonlarda shakllangan mifologik tasavvurlar tizimi 
iblklordagi epik janrlarning syujet silsilasi va obrazlar tarkibining 
yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Demak, mifning mohiyati, turlari, 
o‘ziga xos xususiyatlari, obrazlar tizimi, mifologik syujetlaming epik 
diffuziyasi va folklor asarlari tarkibidagi poetik vazifalari kabi masa- 
lalarni o'rganish mifshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Binobarin, m if va uning insoniyat tafakkuri tarixida tutgan o ‘rni 
masalasi folklorshunoslikdagi «mifologik maktab»ning ustuvor il­
miy muammolaridan biriga aylandi. «Mifologik maktab» esa dunyo 
folklorshunosligidagi keng tarqalgan ilmiy yo‘nalishlardan biridir. 
Bu maktab vakillari mifologiya, mifik obraz, mifologik syujet va mo- 
tivlar folklorning zaminini tashkil etadi, deb hisoblaydilar.
M if haqidagi dastlabki ilmiy talqinlar jahon madaniyati tarixi- 
ning antik davridayoq yuzaga kela boshlagan edi.9 Xususan, Pifagor 
ta’limotiga ko‘ra, mif - tabiatni falsafiy-allegorik anglash ifodasidir. 
Miloddan avvalgi III asrda yashagan yunon faylasufi Evgemer mi­
fologik personajlarni o ‘tmishda yashagan tarixiy shaxslaming ilo- 
hiylashtirilgan obrazi, deb hisoblagan. Platon esa mifni voqelikning 
falsafiy-ramziy talqini, deb baholagan.
XI asrda yashagan buyuktilshunos olim Mahmud K oshg‘ariyning 
“Devonu lug‘otit turk” asarida m if tushunchasi “sav ” so‘zi bilan 
ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida “xabar”, “maqol”, 
“qissa”, “hikoya”, “so‘z”, “nutq” m a’nolarini anglatgan (“Devon”,
I, 122; III, 168).
XVII-XVIII asrlarda mifologik tasavvurlami ilmiy talqin qilish 
an'anasi yuzaga keldi. Fransuz m a’rifatparvarlaridan biri, faylasuf
H.l'ontenel (1657-1757) miflarni qadimgi odam tafakkurining mah- 
suli sifatida baholadi va insoniyat taraqqiyotining “bolalik davri”ga


Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling