M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


Filologik yo‘naiishdagi folklorshunoslik


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

Filologik yo‘naiishdagi folklorshunoslik xalqimiz badiiy tafak- 
kurining asrlar davomida uzluksiz taraqqiy etib, rivojlanib kelishi 
natijasida yaratilgan og‘zaki poetik ijod asarlarini so‘z san’ati sifa­
tida tadqiq etib, xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlarini yozib olish, ar- 
xivlashtirish, nashr etish va uni ilmiy o ‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
< )4/,bek xalq musiqa merosi janrlarini notalashtirish va tadqiq etish, 
xalq og‘zaki dramasi, askiyabozlik, qo‘g ‘irchoqbozlik, masxaraboz- 
lik san'atiga oid materiallami yozib olib, ilmiy o ‘rganish, shuning- 
dek, xalq hunarmandchiligi (kulolchilik, kashtachilik, beshiksozlik, 
pichoqchilik va h.k.), amaliy san’at hamda xalq raqs san’atini tadqiq 
etish san’atshunoslik vo‘nalishidagi folklorshunoslikning asosiy 
vazifasi sanaladi.
0 ‘zbek folklorshunosligi g‘oyat keng qamrovli ilmiy tadqiqot- 
lar yo‘nalishi va ulkan nazariy bazaga ega bo‘lgan fan sifatida na- 
I'aciiit mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va jahonning boshqa 
ko'plab ilmiy markazlari tomonidan e ’tirof etilgan. Folklorshunoslik 
lanining xalq og'zaki badiiy ijodiyotini turli janrlar bo‘yicha tadqiq 
etuvehi «crtakshunoslik», «eposshunoslik», «paremiologiya», 
iiiifologiya». «inarosimshunoslik», «lingvofolkloristika», «etno-
25


muzikologiya» singari ilmiy yo‘nalishlari izchil taraqqiy etayotgani 
holda «folklor va etnomadaniyat», «folklor va m a’naviy taraqqi- 
yot», «postfolklor» kabi yangi ilmiy y o ‘nalishlari ham shakllandi.
Xullas, folklorshunoslik xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti asarlari- 
ni izchil to ‘plash, uni barcha variantlar va versiyalar asosida ilmiy 
tavsiflash hamda folklor asarlarining ommabop va ilmiy-akademik 
nashrlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan alohida fan yo ‘nalishi 
bo‘lib, xalq ijodiyotining nazariyasi, tarixiy asoslari, lokal xususiyat- 
lari, tarixiy-folkloriy jarayon, folklor asarlari poetikasi, mustaqillik 
davri o ‘zbek folklori, an ’anaviy folklor va postfolklor, folklorizm- 
larning madaniy qadriyatlar tizim ida tutgan o ‘m i kabi masalalar 
uning ustuvor yo‘nalishlarini tashkil etadi.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling