M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


sining zoomorf va antropomorf ruhlari


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

sining zoomorf va antropomorf ruhlari (V.Manxardt tadqiqotlarida 
o'rganilgan), olov kulti (birinchi marta A.Kun tomonidan aniqlan­
gan), jonning tanadan tashqarida raavjud bo‘lishi haqidagi ani­
mistik tasavvurlar (E.Taylor nazariyasi) yangi fakt va ma’Iumotlar 
asosida tadqiq etilgan.
J.Frezer o ‘z izlanishlari davomida nazariy qarashlarini uzluksiz 
takomillashtirib bordi. Masalan, “Oltin butoq”ning 1890-yilgi birin­
chi nashrida totemizm “qadimgi odamning o‘z jonini (uning xavfsiz- 
ligini ta’minlash, himoyalash maqsadida) u yoki bu jonivor tanasiga 
yashirishi haqidagi tasavvurlari asosida kelib chiqqan inonch bo"lib, 
jon yashiringan jonivor o ‘sha odam uchun totem sanaladi” deyilgan. 
1899-yilda Markaziy Avstraliya qabilalarining totemistik marosim- 
lari tasvirlangan adabiyotlar bilan tanishib chiqqan olim bu qabilalar- 
da homilador ayolga ayrim ovqatlarni yeyish taqiqlanganligiga alohida 
e’tibor berdi va totemistik tasavvurlaming ildizini homiladorlik bilan 
bog‘liq qadimiy inonchlardan izlash kerak, degan xulosaga keldi. 
Natijada totemizmni «ayol tanasiga ovqat bilan birga kirib, uning 
homilador bo‘lishiga sabab bo‘lgan narsa bola tug‘Ugandan keyin 
uning totemiga aylanadi», degan qarash bilan izohlash an’anasi shakl- 
landi.
Shuningdek, J.Frezeming ilk tadqiqotlarida olovning marosim va 
udumlardagi ahamiyati “mifologik maktab”ning “solyar (shamsiy) 
nazariya”si asosida yoritilgan edi. Keyinroq esa ibtidoiy e ’tiqodlarga 
doir yangi faktlami tahlil qilgan olim olovning “poklash, tozalash” 
xususiyatiga ega bo‘Igan narsa deb tasawur qilinganligini aniqladi.
Insoniyat tafakkuri rivojining tadrijiyligini ko‘rsatuvchi “ma- 
giya - din fan” triadasi yoki taraqqiyotning uch qismli strukturasi 
J.Frezer ilmiy konsepsiyasming asosini tashkil etadi. Magiyani ijo- 
biy (“sehrgarlik”) va salbiy (tabu) tiplarga bo‘lib tasniflagan olim o‘z 
•tadqiqotlarida magiya va diniy e’tiqodlarning arxaik shakllari haqi­
dagi ilmiy qarashlami yangicha talqin eta boshladi. U folklor asar­
lari va marosimlarda muhim o‘rin tutadigan magik inonchlaming 
kelib chiqishiga quyidagi ikki omil sabab bo‘lgan deb ko‘rsatadi:
75


a) o ‘xshash!ik o ‘xshashlikni keltirib chiqaradi yoki natija sabab bilan 
o'xshash bo‘ladi; b) o ‘zaro aloqador, ya’ni daxldor bo‘lgan narsalar 
ular orasidagi bevosita jismoniy bog‘liqlik uzilgandan keyin ham bir- 
biriga masofadan ta’sir etishda davom etadi. J.Frezer birinchi omilni 
«o‘xshashlik va mutanosibiik», ikkinchisini esa “zararlanish” qonuni 
deb ataydi hamda magiyani “gomeopatik”, “imitativ”, (“taqlidiy”) 
va “kontagioz” (“zarar yetkazuvchi”) kabi tiplarga ajratadi,
J.Frezeming “magiya va din” haqidagi bu konsepsiyasi magik 
marosim va udumlar, foiklordagi magik qarashlar va u bilan bog‘Jiq 
motivlaming ilmiy mohiyatini asoslashda ustuvor nazariy qarash 
b o iib xizmat qilmoqda. Magiyaning tasnifi masalasi keyinchalik 
Ye.G.Kagarov (1928), S.A.Tokarev (1990) kabi olimlar tomoni­
dan mukammallashtirildi. Endi folklorshunoslikda magiyaning 

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling