M j o r a y e V, J. E s h o n q u L o V


“JCush  xabar, to 'yxabar!” -


Download 5.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/74
Sana16.11.2023
Hajmi5.86 Mb.
#1781691
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Bog'liq
folklorshunoslikka kirish.jorayev.m.

“JCush 
xabar, to 'yxabar!” -
deydilar. Ma’lum boiishicha, olashaqshaq sha- 
qillaganda ana shu aytim aytilsa, yaxshilikka yo'yilarkan. Agar biror 
xonadonga boyo ‘ g‘ li uchib kelib qo ‘nsa, uy egalari bir hovuch un olib 
chiqib, qush turgan tarafga sepadilar. Qo‘ng‘irot qabilasida esa bir ki- 
shi y o ig a otlanayotganda yoki to‘y boshlayotganida boyo‘g‘li 
"sa­
ri


qirlab ”
sayrasa, buni yomonlik alomati deb biladilar. Bunda ham 
“Ey 
jonivor, yaxshi sa yra ”
deb bir siqim un olib, boyo‘g‘li tomonga sepib 
yuborishadi. Shuningdek, xalq orasida oq ilonni ko‘rganda, ustiga un 
sepish, kaptarlarni qushga aylangan parilar deb e’zozlash, go‘dakka 
kiygiziladigan birinchi libos - “it ko‘ylak”ni bolaga kiygizishdan av- 
val it yoki ot qozig‘i ustidan aylantirish, “chaqaloq qo‘yday yuw osh 
bo‘lsin” deb beshik ustiga po'stak yopish, yosh bolani ilk bor tishi 
chiqayotganda “qo‘zi tishi chiqsin” deb qo‘yga mindirish, ko‘kyo‘tal 
boigan kishilarga ko‘kkaptar pati botirilgan suvni ichirish, bolalar 
do'ppisiga bo‘ri tishi, burgut tirnog‘i, ukki patini taqish kabi odatlar 
zamirida ham ajdodlarimizning turli-tuman jonivorlarai muqaddas- 
lashtirish bilan bog‘liq qadimiy tasavvurlari o‘z aksini topgan.
Xullas, folklorshunoslikdagi “ritual-mifologik maktab” nazariya­
si xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti asarlarining genezisi va tadrijiy rivo- 
jini qadimgi marosim va miflarga bogiab o‘rganishda muhim ilmiy 
ahamiyat kasb etdi.
Savol va topshiriqlar:
1. Folklorning o‘rganilish tarixi deganda nimani tushansiz?
2. Folklorshunoslik maktabalriga qachon asos solingan?
3. Folkloshunoslikdagi tarixiy maktabning mohiyatini tushuntiring.
4. 0 ‘zbek folklorshunosligi qanday maktablarga suyanib ish 
ko‘rgan?
5. Bugungi kundagi yetakchi ilmiy maktablar.

Download 5.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling