M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
III. 6. Issiq suv ta’minoti jihozlari 
Issiq suv ta’minti tizimlarida tezkor va hajmli suv isitgichlar keng qo‘llaniladi.
Tezkor seksiyali suv isitgichlar (6.4-rasm) tashqi diametri 57-325 mm bo‘lgan 
standart po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Korpus ichida 7 dan 140 donagacha hamda 
diametri 16/14,5 va 16/13,2 mm bo‘lgan latun yoki po‘lat quvurchalar joylashgan 
bo‘ladi. Po‘lat quvurchali seksiyalar vodoprovod suvida tez korroziyaga uchraydi, 
shuning uchun doimiy sifatli suv bilan to‘ldirilgan bog‘liq bo‘lmagan isitish 
tizimlarida qo‘llaniladi. Latun quvurchali seksiyalar korroziyaga chidamliligi sababli 
issiq suv ta’minoti tizimlarida keng foydalaniladi. Isitgichning kerakli isitish yuzasi 
bir necha sekitsiyalarning birlashtirilishi yordamida amalga oshiriladi. Seksiyalar 
o‘zaro isituvchi suv harakati bo‘yicha flanetslar yordamida patrubkalar bilan, 
isitilayotgan suv harakati bo‘yicha qayirilgan qism yordamida ulaniladi. Isitilayotgan 
suvni quvurchalar ichidan o‘tkazish taviya qilinadi, bu hol quvurchalar ichini 
tozalashni va suvning ruxsat etilgan tezligi (2 m/s gacha)ni tanlashni engillashtiradi.
 
 
 
Замонавий сув аралаштиргичлар. 
 


40 
 
 
III.10-rasm. Seksiyali suvli isitgich: 
1-termorele o‘rnatish uchun gilza; 2-tutashtiruvchi patrubok; 3,10-isituvchi suvning kirish va 
chiqishi; 4- seksiya korpusi; 5-linzali kompensator (faqatisitish tizimi isitgichlarida o‘rnatiladi); 6-
maxsus shtutser; 7-quvurning qayirilgan qismi; 8,9-isitiluvchi suvning kirish va chiqishi 
Xajmli suv isitgichlar (III.11-rasm) vaqti-vaqti bilan suv tarqatuvchi issiq suv 
ta’minotida qo‘llaniladi. Isitgichning isitish yuzalari 33,5x3,25 va 48x2,5 diametrli 
ikki yo‘nalishli ilonsimon po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Mazkur isitgichlar bug‘li 
va suvli isituvchi issiqlik tashuvchilarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Rasmda 
ko‘satilgan issiqlik tashuvchilarning harakat yo‘nalishlari issiqlik almashinuvi uchun, 
isitiluvchi suv hajmidan gazlarni chiqarib yuborish va hosil bo‘lgan kondensatni 
chiqarib tashlash uchun uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Isitgich konstruksiyasi 
issiqlik tashuvchilarning yuqori tezligini ta’minlay olmaydi, shu sababli issiqlik 
uzatish koeffitsienti tezkor isitgichlarga nisbatan 3 barobar kichikdir. 0,07 MPa 
bosimli bug‘li isitgichlar va 115
0
S dan baland haroratli suvli hajmli isitgichlar 
havfsiz xizmat ko‘rsatishi uchun himoyalovchi klapanlarga ega bo‘lishi shart. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling