M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


III.8.-rasm. Avtomatik havo chiqargich


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

III.8.-rasm. Avtomatik havo chiqargich: 
1 – poplavok; 2 – klapan; 3 - prujina 
Suv tarqatuvchi armatura turli-tuman konstruksiyalardan tayyorlanadi (III.9-
rasm). Aholi turar-joy va jamoat binolarining xojatxona kranlari va vanna 
aralashtirgichlari xromlangan sirtli rangli metallardan, oshxona moyka va 
rakovinalarining kran va aralashtirgichlari – rangli metallardan (xromlangan va 
xromlanmagan) yoki cho‘yandan ishlab chiqariladi.
Vannalar aralashtirgichlarida qo‘shimcha korpusning yuqori qismiga trubka 
yoki egiluvchan shlang bilan o‘rnatilgan dush setkasi ham mavjud bo‘ladi. 
Turar-joy va jamoat binolarining vanna va dushxonalari har xil kontruksiyali va 
razmerli keramik umivalniklar, po‘lat yoki cho‘yan emallangan vannalar bilan 
jihozlanadi. 
Sochiq quritgichlar 38 mm gacha diametrli nikellangan latunli yoki ruxlangan 
suv-gaz quvurlaridan tayyorlanadi, montaj joyida esa po‘lat quvurlardan qayirilgan 
ilonsimon quvurlar ko‘rinishida ham tayyorlanishi mumkin. Qayirilgan sochiq 
quritgichlarning 
kamchiligiga 
quvurlarning 
qayirilgan 
joylarida 
ruxlangan 
qoplamaning ko‘chib tushishi kiradi, bu hol quvurlarning korroziya tez uchrashiga 
olib keladi. Po‘lat ruxlangan quvurlardan tayyorlangan to‘g‘ri oqimli registrlar 
payvandsiz to‘g‘ri quvurli seksiyalardan tayyorlanganligi uchun uzoq muddatga 
chidamli bo‘ladi. 


38 
III.9.-rasm. Suv tarqatuvchi armatura: 
I – tualet krani: a) stolga va b) devorga o‘rnatiladigan; II – moyka aralashtirgichi: a) stolga 
va b) devorga o‘rnatiladigan; III- umivalnik aralashtirgichi: a) stolga va b) devorga 
o‘rnatiladigan; IV – vanna aralashtirgichi: a) statsionar dushli va b) egiluvchan shlangdagi dushli



39 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling