III.8.-rasm. Avtomatik havo chiqargich:
1 – poplavok; 2 – klapan; 3 - prujina
Suv tarqatuvchi armatura turli-tuman konstruksiyalardan tayyorlanadi (III.9-
rasm). Aholi turar-joy va jamoat binolarining xojatxona kranlari va vanna
aralashtirgichlari xromlangan sirtli rangli metallardan, oshxona moyka va
rakovinalarining kran va aralashtirgichlari – rangli metallardan (xromlangan va
xromlanmagan) yoki cho‘yandan ishlab chiqariladi.
Vannalar aralashtirgichlarida qo‘shimcha korpusning yuqori qismiga trubka
yoki egiluvchan shlang bilan o‘rnatilgan dush setkasi ham mavjud bo‘ladi.
Turar-joy va jamoat binolarining vanna va dushxonalari har xil kontruksiyali va
razmerli keramik umivalniklar, po‘lat yoki cho‘yan emallangan vannalar bilan
jihozlanadi.
Sochiq quritgichlar 38 mm gacha diametrli nikellangan latunli yoki ruxlangan
suv-gaz quvurlaridan tayyorlanadi, montaj joyida esa po‘lat quvurlardan qayirilgan
ilonsimon quvurlar ko‘rinishida ham tayyorlanishi mumkin. Qayirilgan sochiq
quritgichlarning
kamchiligiga
quvurlarning
qayirilgan
joylarida
ruxlangan
qoplamaning ko‘chib tushishi kiradi, bu hol quvurlarning korroziya tez uchrashiga
olib keladi. Po‘lat ruxlangan quvurlardan tayyorlangan to‘g‘ri oqimli registrlar
payvandsiz to‘g‘ri quvurli seksiyalardan tayyorlanganligi uchun uzoq muddatga
chidamli bo‘ladi.
38
III.9.-rasm. Suv tarqatuvchi armatura:
I – tualet krani: a) stolga va b) devorga o‘rnatiladigan; II – moyka aralashtirgichi: a) stolga
va b) devorga o‘rnatiladigan; III- umivalnik aralashtirgichi: a) stolga va b) devorga
o‘rnatiladigan; IV – vanna aralashtirgichi: a) statsionar dushli va b) egiluvchan shlangdagi dushli
.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |