M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
III. 6. Issiq suv ta’minoti jihozlari Issiq suv ta’minti tizimlarida tezkor va hajmli suv isitgichlar keng qo‘llaniladi. Tezkor seksiyali suv isitgichlar (6.4-rasm) tashqi diametri 57-325 mm bo‘lgan standart po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Korpus ichida 7 dan 140 donagacha hamda diametri 16/14,5 va 16/13,2 mm bo‘lgan latun yoki po‘lat quvurchalar joylashgan bo‘ladi. Po‘lat quvurchali seksiyalar vodoprovod suvida tez korroziyaga uchraydi, shuning uchun doimiy sifatli suv bilan to‘ldirilgan bog‘liq bo‘lmagan isitish tizimlarida qo‘llaniladi. Latun quvurchali seksiyalar korroziyaga chidamliligi sababli issiq suv ta’minoti tizimlarida keng foydalaniladi. Isitgichning kerakli isitish yuzasi bir necha sekitsiyalarning birlashtirilishi yordamida amalga oshiriladi. Seksiyalar o‘zaro isituvchi suv harakati bo‘yicha flanetslar yordamida patrubkalar bilan, isitilayotgan suv harakati bo‘yicha qayirilgan qism yordamida ulaniladi. Isitilayotgan suvni quvurchalar ichidan o‘tkazish taviya qilinadi, bu hol quvurchalar ichini tozalashni va suvning ruxsat etilgan tezligi (2 m/s gacha)ni tanlashni engillashtiradi. Замонавий сув аралаштиргичлар. 40 III.10-rasm. Seksiyali suvli isitgich: 1-termorele o‘rnatish uchun gilza; 2-tutashtiruvchi patrubok; 3,10-isituvchi suvning kirish va chiqishi; 4- seksiya korpusi; 5-linzali kompensator (faqatisitish tizimi isitgichlarida o‘rnatiladi); 6- maxsus shtutser; 7-quvurning qayirilgan qismi; 8,9-isitiluvchi suvning kirish va chiqishi Xajmli suv isitgichlar (III.11-rasm) vaqti-vaqti bilan suv tarqatuvchi issiq suv ta’minotida qo‘llaniladi. Isitgichning isitish yuzalari 33,5x3,25 va 48x2,5 diametrli ikki yo‘nalishli ilonsimon po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Mazkur isitgichlar bug‘li va suvli isituvchi issiqlik tashuvchilarni qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Rasmda ko‘satilgan issiqlik tashuvchilarning harakat yo‘nalishlari issiqlik almashinuvi uchun, isitiluvchi suv hajmidan gazlarni chiqarib yuborish va hosil bo‘lgan kondensatni chiqarib tashlash uchun uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Isitgich konstruksiyasi issiqlik tashuvchilarning yuqori tezligini ta’minlay olmaydi, shu sababli issiqlik uzatish koeffitsienti tezkor isitgichlarga nisbatan 3 barobar kichikdir. 0,07 MPa bosimli bug‘li isitgichlar va 115 0 S dan baland haroratli suvli hajmli isitgichlar havfsiz xizmat ko‘rsatishi uchun himoyalovchi klapanlarga ega bo‘lishi shart. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling