M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
III. 9. Issiq suv aylanishining gidravlik rejimi va sirkulyasion quvurlarning 
hisobi 
Issiq suv ta’minotining sirkulyasion tizimlarida ikkita asosiy gidravlik rejimlari 
mavjud: maksimal suv taqsimlanish rejimi va suv taqsimlanishi to‘la bo‘lmagandagi 
sirkulyasiya rejimi. Gidravlik rejimlar har xil bo‘ladi, tizimda suv saqlovchi sig‘imlar 
mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq tarzda.
Akkumulyatorlar mavjud bo‘lgan holda maksimal suv taqsimlash rejimi issiq 
suvning etishmovchi miqdorini to‘ldiruvchi akkumulyatorning to‘xtashiga olib 
keladi. Uzatuvchi tirgaklardan maksimal suv taqsimoti sirkulyasiyani to‘xtatishi 
mumkin. Sirkulyasiya quvurlariga sovuq suvning vodoprovoddan kelishini va suv 
taqsimlovchi priborlarda sovuq suvning aralashishini oldini olish uchun, sirkulyasiya 
quvurlarida isitgichga yoki akkumulyatorga ulanishdan oldin qaytuvchi klapanlar 
o‘rnatish lozim. Bu holda tizimdan qaytuvchi klapanlar yordamida ajratilgan 
sirkulyasion quvurlar sirkulyasiya to‘xtatilishi mobaynida bosim ostida bo‘ladi. 
Sirkulyasiya kam miqdorda suv taqsimlanishda yoki suv taqsimlanishi to‘liq 
bo‘lmaganda taqsimlovchi quvurlardagi issiq suvning sovushini oldini olishi uchun 
zarurdir. Sirkulyasiya issiq suv ishlatilishi paytida uzluksiz va qisqa muddatli bo‘lishi 
mumkin. 
Uzluksiz sirkulyasiya sutkaning hoxlagan vaqtida suv taqsimlanishi bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan yirik turar-joy uylari, mexmonxona, bolalar va turli davolash 
muassasalari ning issiq suv ta’minoti tizimlarida qo‘llaniladi. Sanoat korxonalari
sport komplekslar dushxonalarida issiq suv faqatgina sutkaning ma’lum vaqtida 
ishlatiladi. SHuning uchun bunday tizimlarda issiq suv ishlatilishining uzoq vaqt 
to‘xtatilishidan keyin suv taqsimlash qayta boshlanishidan 30 minut oldin 


47 
sirkulyasiyani ishga tushirish lozim, chunki bu vaqt mobaynida sovuigan suv kerakli 
haroratgacha isitilishiga ulgurishi kerak. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling