M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


IV. Issiqlik yuklamasini tartibga solish


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
IV. Issiqlik yuklamasini tartibga solish. 
Issiqlik ta’minoti tizimlarining amaldagi ishlash rejimlari hisobiy rejimlardan 
farqlanadi. Isitish qurilmalarining issiqlik yuklanmalari tashqi havo harorati 
o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadi, lekin sutka davomida deyarli doimiy bo‘ladi. Issiq 
suv ta’minoti va texnologik jarayonlar uchun issiqlik sarfi tashqi havo haroratiga 
bog‘liq bo‘lmaydi, ammo sutka soatlari, hafta kunlari davomida o‘zgarib turadi. 
Bunday sharoitda mahalliy iste’molchilarning haqiqiy ehtiyojiga muvofiq issiqlik 
tashuvchisining harorati va sarfi sun’iy ravishda o‘zgartirilishi, ya’ni sozlanishi 
lozim. Sozlash issiqlik ta’minotining sifatini oshiradi, issiqlik energiyasi va 
yoqilg‘ining ortiqcha sarflanishini kamaytiradi. 
Isitish mavsumi davomida issiqlik yuklamasi o'zgarib turadi. Shuning uchun, 
zarur termal sharoitlarni saqlab qolish uchun issiqlik yuklamasini tartibga solish 
kerak. Markaziy, guruh, mahalliy va individual tartibga solish bilan ajralib turadi.
Ko'p hollarda issiqlik yuklamasi bir xil emas. Bunday holatda markaziy tartibga 
solish ko'pchilik iste'molchilar uchun xos bo'lgan issiqlik yuki bo'yicha amalga 
oshiriladi. Avvalambor, bu isitish yukini va isitish va issiq suv ta'minotining umumiy 
yukini. 
Markaziy rostlash IEM (issiqlik elektr markazi) yoki qozonxonalarda 
ko‘pchilik mahalliy iste’molchilar uchun ustun bo‘lgan issiqlik yuklanma bo‘yicha 
bajariladi. SHahar issiqlik tarmoqlarida bunday yuklanma isitish yoki isitish bilan 
issiq suv ta’minoti bo‘lishi mumkin. 
Guruhli rostlash markaziy issiqlik punktlarida (MIP) bir turdagi iste’molchilar 
guruhi uchun bajariladi. MIPda taqsimlash yoki ichki kvartal tarmoqlariga 
uzatiladigan issiqlik tashuvchisining talab etilgan sarfi va harorati ushlab turiladi.
Mahalliy rostlash mahalliy iste’molchilarga (abonentlar) kiritish joyida 
mahalliy omillarni hisobga olgan holda issiqlik tashuvchisining ko‘rsatkichlarini 
qo‘shimcha sozlash uchun ko‘zda tutiladi. 


48 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling