M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Jizzax – 2019y 4 Kirish
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
Jizzax – 2019y 4 Kirish Energetika mamlakatning zamonaviy industrial rivojlangan xalq xo‘jaligining etakchi sohasi hisoblanadi. Energetika o‘z ichiga ishlab chiqarish qurilmalari, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish, suyultirilgan gaz va boshqa turdagi energiya tashuvchilar energiyasi kabi tushunchalarni qamrab oladi. Mamlakatimizda energetika rivojlanishining asosiy yo‘nalishi bo‘lib sanoat, qishloq xo‘jaligi, shahar va aholi punktlari energiya bilan ta’minlashning markazlashtirish hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha muhim xalq xo‘jalik masalalarini mamlakatning texnik-iqtisodiy potensialini mustahkamlash va energiya ta’minlanganligi hisobiga muvaffaqiyatli echishga yordam beradi. Elektr energiyasi sanoat, qishloq xo‘jaligi, transportda foydalanilishi va uzoq masofalarga uzatilishi bilan energiya tashuvchilar ichida alohida muhim o‘rinda turadi. Jahon miqyosida issiqlik ta’minotini markazlashtirilishining boshlanishi deb 1818 yilni hisoblash mumkin. Chunki shu yilda Angliyada Trengold tomonidan ilk bor bir guruh oranjereyalarni 127 metr uzoqlikda joylashgan qozonxonadan yuqori bosimli bug‘li tizim yordamida isitish amalga oshirilgan edi. 1830 yilda Germaniyada bug‘ mashinasidan chiqarib tashlanadigan bug‘dan birinchi marta bug‘li isitish tizimida foydalanildi. Issiqlik manbalarni mexanik energiya olish va isitish maqsadida markazlashtirishdan yahshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar AQSHda olingan edi. 1878 yilda Lokport shahrida (Nyu-York shtati) bug‘ mashinalarining bug‘idan foydalanib 210 bino uchun birinchi tuman issiqlik ta’minoti tizimi barpo etilgan. Dastlab er osti bug‘ quvurlarning uzunligi 2 km ni tashkil etgan. SHu vaqtning o‘zida Bantedt shahrida (Nyu-York shtati) binolarning katta guruhini issiq suv ta’minoti bilan qurama usulda nasos-suvli isitilishi amalga oshirilgan. 1900 yilda Germaniyaning Drezden shahrida markazlashtirilgan bug‘li issiqlik ta’minoti tizimi 1050 m masofada joylashgan 12-ta iste’molchini isiqlik bilan ta’minlagan. Bunda bug‘ning bosimi 0,8 MPa bo‘lgan. 5 XX asr boshida elektr yuritgichlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilganligi munosabati bilan suvli issiqlik ta’minoti rivojlana boshladi. 1924 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida professor V.V. Dmitriev va injener L.L. Ginter tashabbusi bo‘yicha shaharning 3-chi elektr stansiyasidan iste’molchilarga issiqlik uzatish maqsadida issiqlik tarmog‘i o‘tkazilgan edi. Mazkur stansiya kelajakdagi isitish IEM larning timsoli edi. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti g‘oyasining rivojlanishiga L.L. Ginter, M.O. Grinberg, V.V. Dmitriev, A.A. Krauz, J.L. Taner-Tannenbaum, V.M.CHaplin, B.M. YAkub, E.YA. Sokolov, B.L. SHifrinson, S.F. Kopyov, A.V. Xludov, E.F. Brodskiy, N.M.Zinger kabi olim va injenerlar katta hissa qo‘shishdi. Issiqlik ta’minoti halq xo‘jaligining yirik tarmog‘idir. Uning ehtiyojiga har yili respublikamizda qazib olinadigan va ishlab chiqariladigan yoqilg‘ining taxminan 20% sarflanadi. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti odatda yirik tuman qozonxonalaridan foydalanishga asoslangan bo‘ladi. Masalan, hozirgi kunda Toshkent shahrida 10 ta issiqlik markazlari va 1ta Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM)mavjud. Ularning yillik issiqlik ishlab chiqarish unumdorligi 15401 ming Gkal. ga teng. Issiqlik tarmoqlarning umumiy uzunligi 1442 km., shu jumladan magistral quvurlar 244 km.ni tashkil etadi. Toshkent issiqlik elektr markazi-ToshIEM Toshkent to‘qimachilik kombinatini issiqlik va elektr bilan ta’minlash uchun qurilgan bo‘lib, 1939 yildan boshlab ishlatib kelinmoqda. U O‘rta Osiyoda markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini yaratish uchun asos bo‘lgan. O‘zbekiston sharoitida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti asosan Ikkinchi jahon urushidan keyin rivoj topa boshladi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling