M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.2.-chizma. Ikki pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi
- II.2. Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida iste’molchilarning ulanishi
II.1.-chizma. Bir pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi: 1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; MTP-mahalliy issiqlik punkti; TP-issiqlik ta’minoti isitgichi; PK-qozonxona; SN-tarmoq nasosi 13 Ko‘p pog‘onali tizimlarda (II.2.-chizma) issiqlik manbai va iste’molchi orasida markaziy issiqlik punktlari (MIP) yoki nazorat-taqsimlash punktlari (NTP) joylashtiriladi. Ushbu punktlarda issiqlik tashuvchining parametrlari mahalliy iste’molchilarning talabiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur markaziy issiqlik punktlari yoki nazorat-taqsimlash punktlari kvartal yoki tumandagi iste’molchilarning kerakli parametrdagi issiqlik bilan ta’minlash uchun nasos va suv isitish qurilmalari, rostlovchi va himoyalovchi armaturalar, nazorat-o‘lchov qurilmalari bilan jihozlanadi. II.2.-chizma. Ikki pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi: 1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; 3-taqsimlovchi tarmoqlar; 4,5-binolarga isitish va ventilyasiya uchun tarqatish; 6-texnologik jarayon uchun tarqatish tarmog‘i Nasos va suv isitish qurilmalari yordamida magistral quvurlar (birinchi pog‘ona) to‘liq yoki qisman taqsimlovchi tarmoqlardan (ikkinchi pog‘ona) gidravlik ajratiladi. MIP yoki NTPlardan issiqlik tashuvchi kerakli parametrlarda ikkinchi pog‘onaning umumiy yoki alohida quvurlari yordamida har bir binoning mahalliy issiqlik punktiga uzatiladi. II.2. Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida iste’molchilarning ulanishi Issiq suv bilan ishlaydigan isitish tizimlarining issiqlik bilan ta’minlash, markaziy qozon qurilmalari va issiqlik markazlari yordamida amalga oshiriladi. Suv bilan isitish qurilmalari tizimining asosiy issiqlik manbasi mahalliy suv isitish qozonlari bulib, ularni (mahalliy issiqlik ta’minoti) isitiladigan binoda yoki undan ajratilgan alohida binoga o‘rnatiladi. 14 Qozon qurilmalarining turlari ishlab chiqarilayotgan issiqlik quvvatiga, issiqlik tashuvchilarning turiga qarab ularni mahalliy va markazlashtirilgan qozon qurilmalari suv yoki bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar, kichik, o‘rta va yirik qozon qurilmalari kabi turlari mavjuddir. Issiqlik qurilmalari texnikasini rivojlanishida mahalliy qozon qurilmalari urnini asta-sekinlik bilan markazlashtirilgan isitish bulimlari bilan almashtirilishi lozim. Bunda yuqori haroratga ega bo‘lgan suv ishlatilib, ular (IEM) issiqlik elektr markazida, markaziy isitish bulimlarida ishlab chiqariladi. Binolarning issiqlik ta’minoti binoning maqsadga muvofiqligiga bog‘liq holda QMQ ga asosan me’yoriy harorat sharoitini tashkil etish uchun issiqlik tashuvchining turi qabul qilinadi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling