M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
I.2-rasm. Turar joy tumani uchun issiq suv ta’minotiga bo‘lgan issiqlik sarfining taxminiy
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
I.2-rasm. Turar joy tumani uchun issiq suv ta’minotiga bo‘lgan issiqlik sarfining taxminiy
sutkalik grafigi. II. Issiqlik ta’minoti tizimlari II.1. Issiqlik ta’minotining turlari Har bir issiqlik ta’minoti tizimi quyidagi asosiy elementlardan: issiqlik manbai, issiqlik tarmog‘i, iste’molchining kiritish tugunlari va mahalliy issiqlik iste’mol tizimlaridan iborat bo‘ladi. Issiqlik ta’minoti tizimilari quyidagi belgilarga qarab sinflarga bo‘lish mumkin: issiqlikni hosil qilish manbai bo‘yicha; issiqlik tashuvchining turiga qarab; issiq suv ta’minotiga suvni uzatish usuliga qarab; issiqlik tarmoqlaridagi quvurlarining soniga qarab; iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash usuli bo‘yicha va h.k. Issiqlik ta’minoti tizimlari issiqlik tashuvchilar turiga qarab ikkiga bo‘linadi: 1. Suvli issiqlik tizimlar 2. Bug‘li issiqlik tizimlar 12 Suvli issiqlik tashuvchilar issiqlik ta’minotida davriy is’temolga va issiq suv uchun qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda texnik jarayonlarda suvli issiqlik tarmoqlari umumiy issiqlik tarmoqlarining 48 % ni tashkil qiladi (uzunlik bo‘yicha). Issiq suv ta’minoti tizimining ulanish usullari qarab issiqlik ta’minoti tizimlari ochiq va yopiq tizimlarga bo‘linadi. YOpiq tizimlarda vodoprovod suvi issiqlik tashuvchi yordamida isitiladi va iste’molchiga etkaziladi. Ochiq tizimlarda issiq suv ta’minoti extiyojlari uchun suv bevosita issiqlik tarmog‘idan olinadi. Misol uchun, qishda biz isitishda va issiq suvni ishlatishda “bitta quvur”dan ishlatamiz. Issiqlik tarmoqlarida quvurlar soni bo‘yicha bir quvurli yoki ko‘p quvurli bo‘lishadi. Iste’molchini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin. Bir pog‘onali issiqlik tarmoqlarida iste’molchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi (1.1.-chizma). Iste’molchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanish joylari kiritish tugunlari (vvod) deyiladi. Har bir binoning kiritish tugunlariga issiq suv ta’minotining isitgichlari, elevatorlar, nasoslar, armaturala, issiqlik tashuvchining parametrlari va sarflarini rostlovchi nazorat-o‘lchov qurilmalari o‘rnatiladi. SHu sababli kiritish tugunlari ko‘p hollardamahalliy issiqlik punkti deb ataladi. Agarda kiritish tuguni alohida, masalan texnologik qurilma uchun barpo etilsa, bu holda individul issiqlik punkti deyiladi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling