M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


II.4. Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
II.4. Bug‘li issiqlik ta’minoti tizimlari 
Issiqlik ta’minotida bug‘li tizimlar bir quvurli va ko‘p quvurli, yuqori va kichik 
bosimli, kondensatning qaytishi va qaytmasligi bilan bo‘ladi. Isitish asboblari bug‘ 
quvurlariga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan chizmalar bilan ulanadi. Issiq suv 
tizimidagi uskunalar bog‘liq bo‘lmagan chizma, ya’ni aralashuvchi isitgichlar 
yordamida ulanadi. 
Kondensat qaytishi bilan bo‘lgan tizimlar turar joy, jamoat binolari va ishlab 
chiqarish korxonalari uchun xizmat qiladi. Bug‘ bilan isitish tizimida, bug‘ning 
sarfini sozlash krani orqali sozlanadi. Ventilyasiya, issiq suv ta’minoti va texnologik 
apparatlar uchun bug‘ sarfi avtomatik regulyatorlar, haroratlar regulyatori va sarf 
regulyatori (HR va SR) yordamida sozlanadi. Isitish tizimi va issiq suv ta’minoti 
tizimidan keyin kondensat ajratuvchi, kondensat yig‘uvchi va kondensat nasoslar 
binolarga kirish joyida qo‘yiladi. 


19 
II.6
.
-rasm. Kondensat qaytuvchi bir quvurli bug‘ tizimining chizmasi 
Ulanish chizmalari: a) isitish tizimini bog‘liq chizmasi bo‘yicha; b) isitish tizimini bog‘liq 
bo‘lmagan chizmasi bo‘yicha; v) issiq suv ta’minoti bo‘yicha; g) texnologik uskunalar uchun; 1-
bug‘ quvuri; 2-kondensat quvuri; RK-rostlash krani; KO-kondensat ajratkich; KS-kondensat 
to‘plagich; II-isitgich; A-akkumulyator; R-kengayish idishi; TA-texnologik apparat. 
Ventilyasiya va texnologik agregatlarda kondensat ajratuvchilar xar bir 
uskunalardan yoki bir guruh uskunalardan keyin o‘rnatiladi. Kondensat bir umumiy 
quvur bo‘yicha qaytadi va uning diametri, uzatish quvurining diametriga nisbatan 3-5 
marta kichik bo‘ladi. 
Issiqlik stansiyaga qaytayotgan kondensatning bosimi etarli bo‘lsa, kondensat 
yig‘uvchilardan kondensatni nasoslar yordamida haydaladi. Bunday kondensat 
quvurlarni bosimli deb ataladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling