M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


II.5. Issiqlik tarmoqlarining yotqizilish sxemalari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

II.5. Issiqlik tarmoqlarining yotqizilish sxemalari 
Manbadan istemolchilarga issiqlik uzatish sxemalari issiqlik tashuvchining turi, 
issiqlik manbasining va istemolchilarning o‘zaro joylashuvi xamda issiqlik 
yuklamalari o‘zgarishining xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Issiqlik tarmoqlarini 
loyihalashda manbalarining issiqlik quvvati va xududning kelajakdagi kengayish 
holati katta axamiyatga ega. Tanlangan issiqlik tarmog‘ining sxemasi kam xarajatli 


21 
bo‘lganligi bilan bir qatorda uzoq muddat xizmat qilishi va foydalanishga tayyorligi
talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Bug‘li issiqlik tarmoqlari asosan sanoat korxonalarining katta bo‘lmagan 
maydonlarida loyixalanadi. Agarda issiqlik tarmoqlaridagi avariyalarni bartaraf 
etishda issiqlik ta’minotining qisqa muddatga uzilishi texnologik jarayonlarga ta’sir 
etmasa, ushbu korxonalarning maydonlarida bir quvurli tarmoqlangan (radial) bug‘li 
tizimdan 
foydalanish 
tavsiya 
etiladi.
 
 
 
 
 II.8
.
-rasm. Tarmoqlangan (radial) issiqlik tarmoqlari:
1. magistral quvurlar; 2.tutashtiruvchi quvurlar.
Tarmoqlangan issiqlik tarmoqlarida issiqlik manbaidan iste’molchiga borguniga 
qadar quvur diametri kichiklashib boradi. Bunday issiqlik tarmoqlari juda 
foydalanishda sodda va arzon xisoblanadi. Lekin bosh quvurda avariya yuz bersa
qolgan uchastkalarda issiq ta’minoti uziladi. Ushbu issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash 
biroz noqulay, sababi uzilgan uchastkadan keyin turgan barcha iste’molchi to‘xtatib 
qo‘yiladi. 
Bunday holatlarda ko‘pincha qo‘shimcha bug‘li quvurlar qo‘llaniladi, ya’ni bitta 
bug‘li quvur o‘rniga har biri o‘tkazish darajasi 50% bo‘lgan ikkita bug‘li quvur 
yotqiziladi. Oddiy hisob-kitoblar natijasida ko‘rinib turibdiki, qo‘shimcha bug‘li 
tarmoqlarida metall sarfi va tarmoq narxi 56% oshadi. 


22 
Agarda texnologik maqsadlar uchun issiqlik uzatishni to‘xtatishning iloji 
bo‘lmasa, u hollarda avariya uchastkasini issiqlik bilan ta’minlashda radial-
halqasimon tarmoqdan foydalaniladi, ushbu tarmoq tarmoqlangan (radial) tarmoqdan 
magistral quvurlar orasidagi tutashtiruvchi quvurlari mavjudligi bilan ajralib turadi. 
Suvli issiqlik tarmoqlari ko‘p sonli shohlangan tarmoqlari va katta maydonlarga 
uzatiladigan issiqlik yuklamalari bilan ajralib turadi. 
Suvli tarmoqlangan(radial) issiqlik tarmoqlarida avariyani bartaraf etish uchun 
ajratilgan vaqt 24 soatgacha bo‘lganda diametri 700 mm.gacha bo‘lgan magistral 
quvurlarning yotqizilishi ruxsat etiladi.

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling