M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
II.7
. -rasm. Kondensat qaytmaydigan bir quvurli bug‘ tizimning chizmasi. Ulanish chizmalari:a-isitish va issiq suv ta’minoti; b-bug‘li isitish va issiq suv ta’minoti; R- kengatirgich; A-akkumulyator; SP-oqimli isitgich; VV-vodoprovod suvi 20 Issiq suvni dush xonalari uchun tez tayyorlashda, bug‘ni sovuq suv bilan aralashtirgan holda akkumulyatordan, oqimli isitgichlardan va ijektorlardan foydalaniladi. Bug‘li tizimlar ta’minotida quvurlar soni korxona ish xarakteri, vazifasi va ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qaytadan ishlash, yog‘ochlarni quritish, korxonalarda va mavsumiy issiqlik yuklamalarini sezarli darajada o‘zgarishi bo‘lgan joylarda ko‘p quvurli bug‘ quvurlarini ishlatish mumkin. Bunda bitta bug‘ quvuri o‘rtacha bug‘ sarfi uchun hisoblanadi, qolgan quvurlar zahira quvurlar bo‘lib, korxona uchun qo‘shimcha minimal bug‘ yuklanmalarini yuborishda ishlatiladi. Kondensatni qaytishi issiqlik ta’minotining doimo mavjudligi tarmoqning iqtisodiyotiga katta ta’sir qiladi. Agar shu kondensatning qaytishi to‘xtab qolsa, issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlikni ozayishiga sabab bo‘ladi. Qaytayotgan kondensatda xar xil mexaniq aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Kondensatlarning yig‘ilishi va qaytishi ochiq va yopiq chizmalar bo‘yicha bo‘ladi. Ochiq chizmalarda kondensatni iste’molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunasidagi ortiqcha bosim hisobiga yig‘iladi, shu kondensat yig‘ish punktiga keladi va atmosfera bilan bog‘liq bo‘lgan bakda yig‘iladi. Yig‘ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki xar xil iste’molchidan alohida kelayotgan quvurlar orqali keladi. Kondensatni yopiq chizmalarda yig‘ishda, iste’molchilardan bakkacha va ulardan issiqlik manbaigacha bo‘lgan hamma uchastkalarida ortiqcha bosim ta’sirida bo‘lishi va bosim 0,005 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling