M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 II.9
.
-rasm. Halqasimon issiqlik tarmoqlari. 
Halqasimon issiqlik tarmoqlari (II.2-rasm) eng qimmatli hisoblanadi, shuning 
uchun ushbu tarmoqlar katta shaharlarda foydalaniladi. Xalqasimon quvurlar bir 
nechta issiqlik manbalarini birlashtirishda hamda issiqlik stansiyalarga yuklamalarni 
optimal taqsimlashda qulaydir. 
Katta sanoat markazlarining issiqlik ta’minotining zamonaviy rivojlanish sur’ati 
issiqlik manbasini shahar tashqarisiga ko‘chirishni talab qiladi. Bu holda issiqlik 
tashuvchining bosimini oshirishga tug‘ri keladi. 
Uzoq masofali markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlarining ishonchliligini 
oshirish uchun magistral tarmoqlar va taqsimlovchi tarmoqlar orasida nazorat-
taqsimlovchi punktlari (NTP) o‘rnatiladi(II.10-rasm). Bunday tarmoqlarda NTP va 
tutashtiruvchi quvurlar xar 1-3 km.da bir tekis joylashtirlishi orqali issiqlik zahirasi 
amalga oshiriladi 


23 
II.10
.
-rasm Ikki pog‘onali issiqlik tarmog‘ining sxemasi:
1.Magistral tarmoq; 2.Taqsimlovchi tarmoq; 3.Kvartal tarmoq; 4.NTP;
5. Markaziy issiqlik punkti (MIP); 6. Taqsimlovchi tarmoqlarning asosiy zadvijkasi; 
 7. Seksiya zadvijkasi; 8. Tutashtiruvchi quvur
Seksiya zadvijkalari suvni sizib chiqishini kamaytirish va avariya bartaraf 
qilinganda quvurlarni suv bilan to‘lish vaqtini qisqartirish maqsadida tarmoq 
uchastkasini ikki tomonlama o‘chirish qulayligi uchun ishlatiladi. Bunday 
tarmoqlarni afzalligi o‘chirilgan uchastkada avariya ishlarini olib borish vaqtida 
qolgan uchastkalarda issiqlik ta’minoti to‘xtatilmaydi.
Tarmoqdagi tutashtiruvchi quvurlarning diametri avariy xolatidagi suv sarfining 
o‘tkazish qobiliyatiga qarab tanlanadi. Avariya xolatidagi suv sarfi xisobiy suv 
sarfining 70 % deb qabul qilinadi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling