M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
III.1-rasm. Vannaxonalar uchun mo‘ljallangan suv isitish kolonkasi
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.2-rasm. Xona isitish tizimi bilan birgalikda ishlovchi issiq suv ta’minoti
- III.3.-rasm. YUqoridan taqsimlanuvchi boshi berk va bak-akkumulyatorli issiq suv ta’minoti sxemasi
III.1-rasm. Vannaxonalar uchun mo‘ljallangan suv isitish kolonkasi:
1-vodoprovod suvi kelish joyi; 2-yonish maxsulotlari; 3-dush setkasi va oqizish kraniga issiq suvning oqib chiqishi; 4-dudburunni tozalash uchun lyuk; 5-dudburun. Qishloq aholi punktlari va kichik shaharchalarning turar-joy binolarida katta bo‘lmagan suv isitish qozonlari yoki suv isitgichlar yordamida issiq suv ta’minoti xona isitish tizimi bilan birgalikda qo‘llaniladi (III.2-rasm). III.2-rasm. Xona isitish tizimi bilan birgalikda ishlovchi issiq suv ta’minoti: 1-oshxona plitasiga o‘rnatilansuv isitgich; 2,8-mahlliy isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining boruvchi quvurlari; 3-kengaytiruvchi bak; 4-vodoprovod suvi; 5-rostlovchi bak; 6- hajmli suv isitgich; 7- tarqatuvchi quvur; 9-qaytuvchi quvurlar. 27 III. 3. Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotining farqli tarafi - suv tarqatuvchi priborlarga issiq suvning uzluksiz etkazilishidir. Zamonaviy issiqlik ta’minoti tizimlarida issiq suv mahalliy yoki markazlashgan issiqlik punktlarida tayyorlanishi keng tarqalgan, mazkur issiqlik punktlaridan suv issiq suv ta’minoti tizimlariga boradi. III.3.-rasm. YUqoridan taqsimlanuvchi boshi berk va bak-akkumulyatorli issiq suv ta’minoti sxemasi 1-vodoprovod suv; 2-seksiyali suv isitgich; 3-suzuvchi kranli yuqorigi bak-akkumulyator; 4- suv tarqatuvchi priborlarga; RT-harorat rostlagich 28 Mahalliy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti asosan tuman yoki kvartal issiqlik ta’minotida tashkil qilinadi. Mahalliy issiq suv ta’minoti sxemalari turli-tumanliligi bilan ajralib turadi va binolarning hajmi va maqsadi, issiqlik yuklamalarining o‘zgarish xarakteri va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Hammom, kir yuvuvchi xo‘jaliklar va shunga o‘xshash korxonalarda suv sarfi doimiy va ko‘p bo‘lganligi sababli oddiy va arzon boshi berk va bak-akkumulyatorli sxemalar tarqalgan (III.3-rasm). Bu turdagi sxemalarda issiq suv suv tarqatishdan oldin tayyorlanishi mumkin. Akumulyatordagi suvning katta zahirasi hatto suv iste’molining davomli tanaffusida ham baland haroratni saqlab qolish imkoniyatini beradi. Mazkur sxemalar vaqti-vaqti bilan suv ishlatiladigan katta bo‘lmagan kam qavatli uylarda ham foydalaniladi. Issiq suv notekis iste’mol qilinadigan va akkumulyatorsiz katta turar-joy binolarida boshi berk sxema ma’qullanilmaydi, chunki suv tarqatishning uzoq muddatga to‘xtatilishi suvning mumkin bo‘lmagan sovib qolishiga va uning oqizib yuborish zaruriyatiga olib keladi. Tarqatuvchi quvurlardagi suvning sovib qolishini mahalliy tizimda issiqlik tashuvchining uzluksiz yoki kam muddatli tabiiy yoki majburiy sirkulyasiyasi orqali oldini olish mumkin. Tabiiy sirkulyasiya ko‘proq yuqoridan taqsimlanuvchi tizimlarda samaralidir, chunki berk konturda harakatdagi yirkulyasiya tabiiy holda sodir bo‘ladi(III.4-rasm). Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1 issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi. Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1 issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling