M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
III.4.-rasm. Issiq suv ta’minotining yuqoridan taqsimlanuvchi va tabiiy sirkulyasiyali
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
III.4.-rasm. Issiq suv ta’minotining yuqoridan taqsimlanuvchi va tabiiy sirkulyasiyali sxemasi 1-boruvchi tirgak; 2-havo yig‘uvchi hajm; 3-yuqoridan suv tarqatish; 4-tarqatuvchi tirgak; 5- sirkulyasiya quvuri; V-vodoprovod suv chizig‘idagi suv o‘lchagich Tabiiy sirkulyasiya bosimining kichik miqdorda bo‘lishi sababli tabiiy sirkulyasiyani qo‘llash imkoniyatlari chegaralangandir. Ruxsat etilgan chegaradan oshgan uzunlikdagi tarqatuvchi quvurli binolarda nasoslar yordamida amalga oshiriluvchi majburiy sirkulyasiya qo‘llaniladi. Majburiy sirkulyasiya quvurlarning pastdan taqsimlanuvchi sxemalarda amalga oshiriladi (III.5-rasm). Bunday sxemalar chordoqlari yo‘q yoki quvur va armatura joylashtirish uchun kichik bo‘lgan chordoqlari mavjud tura-joy binoalri uchun qulay hisoblanadi. Uzluksiz sirkulyasiyali issiq suv ta’minoti tizimlari suvni doimiy isitish orqali faoliyat ko‘rsatadi, shu sabab mazkur tizimlarda sochiq quritgichlarni qo‘llash zarurdir. SHuning uchun loyihalash me’yorlarida ko‘rsatilgan turar-joy binolarida issiq suv ta’minoti sirkulyasiyali va sochiq quritgichlari bilan loyihalanadi. Sochiq quritgichlar vanna va dush xonalarida issiq suvning doimiy oqib o‘tishi ta’minlanuvchi quvurlarda o‘rnatiladi. Ko‘pincha sochiq quritgichlar sirkulyasiya tirgaklariga qo‘shib o‘rnatiladi. 30 III.5-rasm. Issiq suv ta’minotining pastdan tarqatiluvchi va majburiy sirkulyasiyali sxemasi. 1-sochiq quritgich; 2,3-boruvchi va sirkulyasiyali quvurlar; 4-seksiyali suv isitgich; 5-vodoprovod; 6-sirkulyasiya nasosi; V-suv o‘lchagich. Uzluksiz sirkulyasiyali issiq suv ta’minoti tizimlari suvni doimiy isitish orqali faoliyat ko‘rsatadi, shu sabab mazkur tizimlarda sochiq quritgichlarni qo‘llash zarurdir. SHuning uchun loyihalash me’yorlarida ko‘rsatilgan turar-joy binolarida issiq suv ta’minoti sirkulyasiyali va sochiq quritgichlari bilan loyihalanadi. Sochiq quritgichlar vanna va dush xonalarida issiq suvning doimiy oqib o‘tishi ta’minlanuvchi quvurlarda o‘rnatiladi. Ko‘pincha sochiq quritgichlar sirkulyasiya tirgaklariga qo‘shib o‘rnatiladi. Issiq suv ta’minotining pastdan taqsimlanuvchi va akkumulyasiyali sxemalari bak-akkumulyatorlarning faqatgina pastda joylanishiga ega (III.6-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling