M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


III.6-rasm. Issiq suv ta’minotining pastda joylashgan bak-akkumulyatorli sxemasi


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

III.6-rasm. Issiq suv ta’minotining pastda joylashgan bak-akkumulyatorli sxemasi 
1-akkumulyator; 2-havo chiqarib yuboruvchi; 3-sochiq quritgich; 4-quvvat nasosi; a-e-
uchastkalar 
Pastda joylashgan baklar suv tarqatishning eng yuqori nuqtasidagi suvning statik 
bosimi ostida bo‘ladi, shuning uchun ularda suvning deaeratsiyasi sodir bo‘lmaydi. 
Baklarda issiqlikning zahirasi suv tarqatishning kamayishi yoki to‘xtatilishida hosil 
bo‘ladi, nasos va suv isitgichning ish quvvati issiq suv ta’minoti yuklamasidan oshib 
ketgan holda. Bunday hollarda vodoprovod suvining berk tizimga oqib kelishi 
kamaytiriladi yoki to‘liq to‘xtatiladi, suv isitgichning to‘xtovsiz ishlashi esa tizimda 
issiqlik energiyasini oshirish uchun foydalaniladi.
Markaziy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti odatda 2-20 binoga 
xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallaniladi. Guruhli isitgichlar (yopiq tizimlarda) va 
aralashtirgichlar (ochiq tizimlarda) markaziy issiqlik punktlarda issiqlik tarmoqlariga 
xuddi mahalliy issiqlik punktlaridagidek ulaniladi. Markaziy issiqlik punktidan issiq 
suv kvartal tarmoqlari bo‘yicha kvartalning har bir binosining mahalliy punktiga 
uzatiladi. Mahalliy issiqlik punktlarida esa binoning issiq suv ta’minoti boruvchi va 
sirkulyasion tirgaklar orqali markaziy issiqlik punktidan yotqizilgan quvurlarga ko‘p 
hollarda uyning erto‘la qismida ulanadi. 
Issiq suvning markaziy issiqlik punktida guruhli tayyorlanishining afzalliklari 
bilan bir qatorda ko‘pgina kamchiliklari ham mavjud. Jiddiy kamchiliklarga issiq suv 
ta’minoti tizimining tirgaklarining markaziy issiqlik punktidan kelgan kvartal 


32 
quvurlariga bevosita ulanishi kiradi. Bevosita ulaninish boruvchi va sirkulyasion 
quvurlar oralig‘ida tutashtiruvchi quvurlarning sonini ko‘payishiga olib keladi, bu hol 
issiq suvning binoda va binolar o‘rtasida tirgaklar bo‘yicha bir tekis taqsimlanishiga 
qiyinchilik tug‘diradi. Uzoo‘dagi va yaqindagi tutashtiruvchi quvurlardagi gidravlik 
qarshilik tengsizligi tufayli markaziy issiqlik punktidan binolarning uzoqlashgani sari 
tutashtiruvchi quvurlardagi suvning sarfi ko‘pincha ko‘p miqdorda kamayib ketadi. 
Issiq suvning har bir binoda hisobli sarfini tiklash uchun mahalliy issiqlik punktida 
qo‘shimcha rostlovchi armatura, misol uchun, sarf rostlagich, shaybalarni o‘rnatish 
talab qilinadi. Bu esa o‘z navbatida tizim ishlashi va xizmat ko‘rsatish ishlarini olib 
borishini murakkablashtiradi.

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling