M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


III.1-rasm. Vannaxonalar uchun mo‘ljallangan suv isitish kolonkasi


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

III.1-rasm. Vannaxonalar uchun mo‘ljallangan suv isitish kolonkasi:
1-vodoprovod suvi kelish joyi; 2-yonish maxsulotlari; 3-dush setkasi va oqizish kraniga issiq 
suvning oqib chiqishi; 4-dudburunni tozalash uchun lyuk; 5-dudburun. 
Qishloq aholi punktlari va kichik shaharchalarning turar-joy binolarida katta 
bo‘lmagan suv isitish qozonlari yoki suv isitgichlar yordamida issiq suv ta’minoti 
xona isitish tizimi bilan birgalikda qo‘llaniladi (III.2-rasm). 
III.2-rasm.  Xona isitish tizimi bilan birgalikda ishlovchi issiq suv ta’minoti: 1-oshxona 
plitasiga o‘rnatilansuv isitgich; 2,8-mahlliy isitish va issiq suv ta’minoti tizimlarining boruvchi 
quvurlari; 3-kengaytiruvchi bak; 4-vodoprovod suvi; 5-rostlovchi bak; 6- hajmli suv isitgich; 7-
tarqatuvchi quvur; 9-qaytuvchi quvurlar. 
 


27 
 
 
III. 3. Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti
Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotining farqli tarafi - suv tarqatuvchi 
priborlarga issiq suvning uzluksiz etkazilishidir. Zamonaviy issiqlik ta’minoti 
tizimlarida issiq suv mahalliy yoki markazlashgan issiqlik punktlarida tayyorlanishi 
keng tarqalgan, mazkur issiqlik punktlaridan suv issiq suv ta’minoti tizimlariga 
boradi. 
III.3.-rasm. YUqoridan taqsimlanuvchi boshi berk va bak-akkumulyatorli issiq suv 
ta’minoti sxemasi 
1-vodoprovod suv; 2-seksiyali suv isitgich; 3-suzuvchi kranli yuqorigi bak-akkumulyator; 4-
suv tarqatuvchi priborlarga; RT-harorat rostlagich 
 
 


28 
Mahalliy issiqlik punkti (MIP) orqali issiq suv ta’minoti asosan tuman yoki 
kvartal issiqlik ta’minotida tashkil qilinadi. Mahalliy issiq suv ta’minoti sxemalari 
turli-tumanliligi bilan ajralib turadi va binolarning hajmi va maqsadi, issiqlik 
yuklamalarining o‘zgarish xarakteri va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Hammom, kir yuvuvchi xo‘jaliklar va shunga o‘xshash korxonalarda suv sarfi 
doimiy va ko‘p bo‘lganligi sababli oddiy va arzon boshi berk va bak-akkumulyatorli 
sxemalar tarqalgan (III.3-rasm). Bu turdagi sxemalarda issiq suv suv tarqatishdan 
oldin tayyorlanishi mumkin. Akumulyatordagi suvning katta zahirasi hatto suv 
iste’molining davomli tanaffusida ham baland haroratni saqlab qolish imkoniyatini 
beradi. Mazkur sxemalar vaqti-vaqti bilan suv ishlatiladigan katta bo‘lmagan kam 
qavatli uylarda ham foydalaniladi.
Issiq suv notekis iste’mol qilinadigan va akkumulyatorsiz katta turar-joy 
binolarida boshi berk sxema ma’qullanilmaydi, chunki suv tarqatishning uzoq 
muddatga to‘xtatilishi suvning mumkin bo‘lmagan sovib qolishiga va uning oqizib 
yuborish zaruriyatiga olib keladi. Tarqatuvchi quvurlardagi suvning sovib qolishini 
mahalliy tizimda issiqlik tashuvchining uzluksiz yoki kam muddatli tabiiy yoki 
majburiy sirkulyasiyasi orqali oldini olish mumkin. 
Tabiiy sirkulyasiya ko‘proq yuqoridan taqsimlanuvchi tizimlarda samaralidir, 
chunki berk konturda harakatdagi yirkulyasiya tabiiy holda sodir bo‘ladi(III.4-rasm).
Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil 
buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli 
sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1 issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi 
quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning 
haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi. 
Suvning tabiiy harkatlanishi issiq va sovugan suvlarning zichligi farqidan hosil 
buladi. Odatda suvning zichliklari farqi unchalik katta bo‘lmaydi, shu sabali kerakli 
sirkulyasion bosim bosh tirgakning 1 issiqlik izolyasiyasi bilan va tarqatuvchi 
quvurlarning 3,4,5 izolyasiyasiz o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Natijada suvning 
haroratlar farqi (suv isitgichdan chiqishda va unga kirishda) maksimal darajaga etadi 


29 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling