3
UDK 658.264
M.К. Tursunov, X.А. Matniyozov , Sh. M. Mansurova
Issiqlik ta’minoti tizimlari
O‘quv qo‘llanma. Jizzax-2019y. 122 bet.
Mazkur «Issiqlik ta’minoti tizimlari» fanidan o‘quv qo‘llanma davlat ta’lim
standartlari va namunaviy o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, 5610100 -
Xizmatlar
sohasi (uy-joy, kommunal va maishiy xizmatlar)” yo‘nalishida ta’lim olayotgan
talabalar uchun mo‘ljallangan.
O‘quv qo‘llanmada issiqlik ta’minoti tizimlari, issiqlik energiyasini iste’mol
qilish, issiqlik
tarmoqlarining turlari, issiq suv sistemalari, issiqlik yuklamalarini
tartibga solish, issiqlik taqsimlash
va tarqatish punktlari, issiqlik tarmoqlarining
gidravlik hisobi, tarmoqlarining gidravlik rejimi,
ashyolari va buyumlari, issiqlik
tarmoqlarining yotqizilishi, tarmoq
va tizimlarning birga ishlashi, nasoslar xaqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma issiqlik ta’minoti bo‘yicha barcha jarayonlarni yoritib
bera olmasada, unda shu soxadagi asosiy texnik va texnologik
jarayonlar yoritilgan
bo‘lib, ushbu jarayonlar bo‘yicha tushuntirishlar, ularga ta’sir qilish yo‘llari, yaqin
kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlar va tarmoqni ishga tushirish usullariga e’tibor
berilgan.
Takrizchilar:
A.Usmanqulov
- texnika fanlari nomzodi, Jizzax politexnika
instituti, “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi dotsenti
B.O‘.Meliev -
texnika fanlari nomzodi, Jizzax viloyat
“Qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish
xududiy konsalting markazi” raxbari
O‘quv qo‘llanma Jizzax Politexnika
Instituti ilmiy-uslubiy kengashining
201__ yil № ___ sonli qarori bilan
tasdiqlangan