M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


I.2-rasm. Turar joy tumani uchun issiq suv ta’minotiga bo‘lgan issiqlik sarfining taxminiy


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

I.2-rasm. Turar joy tumani uchun issiq suv ta’minotiga bo‘lgan issiqlik sarfining taxminiy 
sutkalik grafigi. 
 
II. Issiqlik ta’minoti tizimlari 
II.1. Issiqlik ta’minotining turlari 
Har bir issiqlik ta’minoti tizimi quyidagi asosiy elementlardan: issiqlik manbai, 
issiqlik tarmog‘i, iste’molchining kiritish tugunlari va mahalliy issiqlik iste’mol 
tizimlaridan iborat bo‘ladi.
Issiqlik ta’minoti tizimilari quyidagi belgilarga qarab sinflarga bo‘lish mumkin: 
issiqlikni hosil qilish manbai bo‘yicha; issiqlik tashuvchining turiga qarab; issiq suv 
ta’minotiga suvni uzatish usuliga qarab; issiqlik tarmoqlaridagi quvurlarining soniga 
qarab; iste’molchilarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash usuli bo‘yicha va h.k. 
Issiqlik ta’minoti tizimlari issiqlik tashuvchilar turiga qarab ikkiga bo‘linadi: 
1. Suvli issiqlik tizimlar 
2. Bug‘li issiqlik tizimlar 


12 
Suvli issiqlik tashuvchilar issiqlik ta’minotida davriy is’temolga va issiq suv 
uchun qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda texnik jarayonlarda suvli issiqlik tarmoqlari 
umumiy issiqlik tarmoqlarining 48 % ni tashkil qiladi (uzunlik bo‘yicha). 
Issiq suv ta’minoti tizimining ulanish usullari qarab issiqlik ta’minoti tizimlari 
ochiq va yopiq tizimlarga bo‘linadi. 
YOpiq tizimlarda vodoprovod suvi issiqlik tashuvchi yordamida isitiladi va 
iste’molchiga etkaziladi. 
Ochiq tizimlarda issiq suv ta’minoti extiyojlari uchun suv bevosita issiqlik 
tarmog‘idan olinadi. Misol uchun, qishda biz isitishda va issiq suvni ishlatishda “bitta 
quvur”dan ishlatamiz. 
Issiqlik tarmoqlarida quvurlar soni bo‘yicha bir quvurli yoki ko‘p quvurli 
bo‘lishadi. Iste’molchini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bir pog‘onali yoki ko‘p 
pog‘onali bo‘lishi mumkin.
Bir pog‘onali issiqlik tarmoqlarida iste’molchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi 
(1.1.-chizma). Iste’molchilarning issiqlik tarmoqlariga ulanish joylari kiritish 
tugunlari (vvod) deyiladi. Har bir binoning kiritish tugunlariga issiq suv 
ta’minotining isitgichlari, elevatorlar, nasoslar, armaturala, issiqlik tashuvchining 
parametrlari va sarflarini rostlovchi nazorat-o‘lchov qurilmalari o‘rnatiladi. SHu 
sababli kiritish tugunlari ko‘p hollardamahalliy issiqlik punkti deb ataladi. Agarda 
kiritish tuguni alohida, masalan texnologik qurilma uchun barpo etilsa, bu holda 
individul issiqlik punkti deyiladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling