M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 
 
 
 
 
 
 
II.1.-chizma. Bir pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi: 
1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; MTP-mahalliy issiqlik punkti; TP-issiqlik 
ta’minoti isitgichi; PK-qozonxona; SN-tarmoq nasosi 


13 
Ko‘p pog‘onali tizimlarda (II.2.-chizma) issiqlik manbai va iste’molchi orasida 
markaziy issiqlik punktlari (MIP) yoki nazorat-taqsimlash punktlari (NTP) 
joylashtiriladi. Ushbu punktlarda issiqlik tashuvchining parametrlari mahalliy 
iste’molchilarning talabiga qarab o‘zgartirilishi mumkin. Mazkur markaziy issiqlik 
punktlari yoki nazorat-taqsimlash punktlari kvartal yoki tumandagi iste’molchilarning 
kerakli parametrdagi issiqlik bilan ta’minlash uchun nasos va suv isitish qurilmalari, 
rostlovchi va himoyalovchi armaturalar, nazorat-o‘lchov qurilmalari bilan 
jihozlanadi.
II.2.-chizma. Ikki pog‘onali issiqlik ta’minoti tizimining sxemasi: 
1-magistral quvurlar; 2-tarqatuvchi tarmoq; 3-taqsimlovchi tarmoqlar; 4,5-binolarga isitish 
va ventilyasiya uchun tarqatish; 6-texnologik jarayon uchun tarqatish tarmog‘i 
Nasos va suv isitish qurilmalari yordamida magistral quvurlar (birinchi pog‘ona) 
to‘liq yoki qisman taqsimlovchi tarmoqlardan (ikkinchi pog‘ona) gidravlik ajratiladi. 
MIP yoki NTPlardan issiqlik tashuvchi kerakli parametrlarda ikkinchi pog‘onaning 
umumiy yoki alohida quvurlari yordamida har bir binoning mahalliy issiqlik punktiga 
uzatiladi. 
II.2. Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida iste’molchilarning ulanishi 
Issiq suv bilan ishlaydigan isitish tizimlarining issiqlik bilan ta’minlash, 
markaziy qozon qurilmalari va issiqlik markazlari yordamida amalga oshiriladi. Suv 
bilan isitish qurilmalari tizimining asosiy issiqlik manbasi mahalliy suv isitish 
qozonlari bulib, ularni (mahalliy issiqlik ta’minoti) isitiladigan binoda yoki undan 
ajratilgan alohida binoga o‘rnatiladi. 


14 
Qozon qurilmalarining turlari ishlab chiqarilayotgan issiqlik quvvatiga, issiqlik 
tashuvchilarning turiga qarab ularni mahalliy va markazlashtirilgan qozon qurilmalari 
suv yoki bug‘ ishlab chiqaruvchi qozonlar, kichik, o‘rta va yirik qozon qurilmalari 
kabi turlari mavjuddir. 
Issiqlik qurilmalari texnikasini rivojlanishida mahalliy qozon qurilmalari urnini 
asta-sekinlik bilan markazlashtirilgan isitish bulimlari bilan almashtirilishi lozim. 
Bunda yuqori haroratga ega bo‘lgan suv ishlatilib, ular (IEM) issiqlik elektr 
markazida, markaziy isitish bulimlarida ishlab chiqariladi. 
Binolarning issiqlik ta’minoti binoning maqsadga muvofiqligiga bog‘liq holda 
QMQ ga asosan me’yoriy harorat sharoitini tashkil etish uchun issiqlik tashuvchining 
turi qabul qilinadi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling