M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

Iste’molchilar maqsadiga qarab turar-joy, jamoat va ishlab chiqarish 
binolarining issiq suv ta’minoti tizimlariga ajratiladi. Turar-joy binolari va 
mexmonxonalarning issiq suv ta’minoti tizimlari stoyaklar va butun bino bo‘yicha 
o‘rnatilgan suv tarqatuvchi priborlarga boruvchi tarqatuvchi quvurlarning mavjudligi 
bilan ajralib turadi. Jamoat, ma’muriy va ishlab chiqarish binolarida umumiy issiq 
suvdan foydalanish punktlari (sanitar tugunlari, umumiy hamda individual dushxona 
va vannaxonalar, moykalar) bir necha xonalarda joylashgan bo‘ladi. Turar-joy, 
shifoxona, mexmonxona binolarida suv tarqatuvchi priborlar binoning har xil 
qavatlarida o‘rnatiladi; kommunal, sport va sanoat binolarining umumiy issiq suvdan 
foydalanish punktlari asosan birinchi qavatda joylashtiriladi. 


25 
Mahalliy issiqlik punktdan suv tarqatuvchi priborlarga boruvchi quvurlar 
yotqizilishiga qarab: yuqoridan va pastdan taqsimlanuvchi, berk va aylanma 
mahalliy tizimlarga ajratiladi. 
Issiq suv aylanishi usuli bo‘yicha issiq suv ta’minoti tizimlari tabiiy va 
majburiy(nasosli) bo‘ladi. 
 
III. 2. Markazlashmagan issiq suv ta’minoti 
Markazlashtirilmagan issiq suv ta’minoti bo‘lmaganda yoki issiq suv bilan 
ta’minotini markazlashtirishning imkoniyatlari bo‘lmaganda markazlashmagan yoki 
mahalliy issiq suv ta’minoti qo‘llaniladi. Turar-joy va jamoat binolarida issiq suvni 
mahalliy tayyorlashning manbai bo‘lib gazli va elektr suv isitgichlar yoki qattik yoki 
gazsimon yoqilg‘ida ishlovchi suv isitish kolonkalari xizmat qiladi. Sanoat 
korxonalarining maishiy xonalarida dush setkalari soni 5 tagacha bo‘lganda yoki issiq 
suvga issiqlikning sarfi 58 kVt dan oshmaganda individual bug‘-suvli yoki suv-suvli 
isitgichlar qo‘llaniladi. 
Gazli suv isitgichlar 5 qavatdan baland bo‘lmagan turar-joy binolarida 
o‘rnatiladi. Jamoat binolarining alohida xonalarida (mexmonxona, dam olish 
maskanlari va sanatoriylar vanna xonalarida; maktablarda, bufet va yashash 
xonalaridan tashqari; sport zallair va qozonxonalari dush xonalarida) individual gaz 
suv isitgichlari o‘rnatish ta’qiqlangan. 
Gazli suv isitgichlar oqimli va hajmli bo‘ladi. Oqimli tez harakatlanuvchi suv 
isitgichlar aholi yashash binolarining oshxonalarida o‘rnatiladi. Ular ikki nuqtali suv 
qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Quvvati kattaroq, masalan AGV tipdagi hajmli 
avtomatik gazli suv isitgichlar turar-joy binolarining mahalliy isitish va issiq suv
ta’minoti tizimlarining birgalikda ishlashida qo‘llaniladi. Mazkur suv isitgichlar 
yotoqxona va mexmonxonalarning umumiy foydalanish oshxonalarida ham o‘rnatish 
mumkin. 
Elektr suv isitgichlardan turar-joy binolari, mexmonxonalar, yotoqxonalar, 
sartaroshxonalar, shifoxonalarda foydalanladi. Ular qulay va gigienik tarafdan 
ma’quldirlar. Elektr suv isitgichlarning konstruksiyalari 30-1000 litr hajmli germetik 


26 
suv rezervuarlari va qarshilikning isitish elementlaridan iboratdir. Elektr tokining 
avtomatik ravishda yoqish va o‘chirish orqali suvning isitilishi rostlanadi. 100 
litrgacha bo‘lgan hajmlii suv istigichlar devorda, undan kattalri esa polda o‘rnatiladi. 
Kam sonli xonadonlari bor turar-joy binolarida, kichik oshxonalarda suvni 
isitish uchun suv isitish kolonkalari qo‘llaniladi (III.3-rasm).

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling