M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

 II.7
.
-rasm. Kondensat qaytmaydigan bir quvurli bug‘ tizimning chizmasi. 
Ulanish chizmalari:a-isitish va issiq suv ta’minoti; b-bug‘li isitish va issiq suv ta’minoti; R-
kengatirgich; A-akkumulyator; SP-oqimli isitgich; VV-vodoprovod suvi 


20 
Issiq suvni dush xonalari uchun tez tayyorlashda, bug‘ni sovuq suv bilan 
aralashtirgan holda akkumulyatordan, oqimli isitgichlardan va ijektorlardan 
foydalaniladi. 
Bug‘li tizimlar ta’minotida quvurlar soni korxona ish xarakteri, vazifasi va 
ishlab chiqarish quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qaytadan 
ishlash, yog‘ochlarni quritish, korxonalarda va mavsumiy issiqlik yuklamalarini 
sezarli darajada o‘zgarishi bo‘lgan joylarda ko‘p quvurli bug‘ quvurlarini ishlatish 
mumkin. Bunda bitta bug‘ quvuri o‘rtacha bug‘ sarfi uchun hisoblanadi, qolgan 
quvurlar zahira quvurlar bo‘lib, korxona uchun qo‘shimcha minimal bug‘ 
yuklanmalarini yuborishda ishlatiladi.
Kondensatni qaytishi issiqlik ta’minotining doimo mavjudligi tarmoqning 
iqtisodiyotiga katta ta’sir qiladi. Agar shu kondensatning qaytishi to‘xtab qolsa, 
issiqlik manbaidan kelayotgan issiqlikni ozayishiga sabab bo‘ladi. Qaytayotgan 
kondensatda xar xil mexaniq aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Kondensatlarning 
yig‘ilishi va qaytishi ochiq va yopiq chizmalar bo‘yicha bo‘ladi. Ochiq chizmalarda 
kondensatni iste’molchilardan kondensatni ajratuvchi uskunasidagi ortiqcha bosim 
hisobiga yig‘iladi, shu kondensat yig‘ish punktiga keladi va atmosfera bilan bog‘liq 
bo‘lgan bakda yig‘iladi. Yig‘ish punktiga kondensat umumiy kondensat quvuri yoki 
xar xil iste’molchidan alohida kelayotgan quvurlar orqali keladi. 
Kondensatni yopiq chizmalarda yig‘ishda, iste’molchilardan bakkacha va 
ulardan issiqlik manbaigacha bo‘lgan hamma uchastkalarida ortiqcha bosim ta’sirida 
bo‘lishi va bosim 0,005 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling