M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari


III. Issiq suv ta’minoti sistemasi


Download 4.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/64
Sana17.11.2023
Hajmi4.2 Mb.
#1783044
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64
Bog'liq
Issiqlik taminoti

III. Issiq suv ta’minoti sistemasi 
III. 1. Issiq suv ta’minoti sistemasining turlari 
Issiq suv ta’minoti tizimi: a) issiq suv tayyorlash manbai, b) manbadan 
iste’molchilarning tarqatuvchi qurilmalariga boruvchi quvurlar hamda v) issiqlik 
tashuvchi sarfining parametrlari va nazoratini rostlovchi qurilmalardan iboratdir. 
Manbaning 
joylashish 
joyiga 
qarab 
issiq 
suv 
ta’minoti tizimlari 
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan bo‘lishi mumkin.


24 
Markazlashtirilmagan tizimlar suv tarqatuvchi qurilmalarga yaqin joylashgan 
mahalliy manbalardan issiq suv bilan ta’minlanadi.
Markazlashtirilgan tizimlarda iste’molchilarga issiq suv tashqi tizimlar orqali 
IEM va mahalliy qozonxonalardan uzatiladi. Tashqi suvli issiqlik tarmoqlari orqali 
markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti 2 turda bo‘ladi: ochiq issiqlik ta’minoti 
tizimlarida bevosita suv qabul qilish va yopiq issiqlik ta’minoti tizimlarida suv 
isitgichlarda mahalliy vodoprovod suvini isitish orqali. Tashqi bug‘li issiqlik 
tarmoqlari orqali markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti ham 2 turga bo‘linadi: bug‘-
suvli isitgichlarda vodoprovod suvni isitish orqali va vodoprovod suvni bug‘ bilan 
aralashtirish orqali. 
Mahalliy qozonxonalar orqali markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimlarida 
issiq suvni isitish usullari qozonlar va suv isitgich uskunalar turlariga bog‘liq buladi. 
Agarda suv isitish uskunalari katta hajmga ega bo‘lsa, u holda issiq suv suv qabul 
qilish priborlariga bevosita uzatiladi. Suv isitgich uskunalarida issiq suvni bevosita 
tayyorlanishi iqtisodiy jihatdan shu bilan ma’qulki, suvning ko‘p miqdordagi zahirasi 
akkumulyatorlar talab qilmaydi. Issiq suv ta’minoti uchun suvni 60-70 S gacha 
isitishda katta unumdorli po‘lat suv isitgich qozonlardan foydalanish isitishning 
qoldiq yuzasi korroziyasining o‘sishi sababli texnik samarasizdirdir. Bug‘li qozonlari 
mavjud mahalliy qozonxonalarda issiq suv qozonxonaning o‘zida joylashgan bug‘-
suvli isitgichlarda isitiladi. 

Download 4.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling