M. K. Tursunov, Х. A. Matniyozov, sh. M. Mansurova issiqlik ta’minoti tizimlari
VI. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik hisoblash
Download 4.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Issiqlik taminoti
VI. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik hisoblash
Issiqlik tarmoqlarining loyihalashda gidravlik hisobning asosiy maqsadiga issiqlik tashuvchining berilgan sarflari va butun tarmoq yoki uning alohida uchastkalarida bo‘yicha bosimlarning ko‘zda tutilgan o‘zgarishi bo‘yicha quvurlarning diametrilarini aniqlashdan iboratdir. Issiqlik tarmoqlaridan foydalanish jarayonida tarmoq uchastkalarida issiqlik tashuvchisining sarfi yoki alohida nuqtalardagi bosimni aniqlashda teskari masalalar echishga zaruriyat tug‘iladi. Gidravlik hisobning natijalari p’ezometrik grafik tuzishda, abonent kiritish tugunlari sxamalarini tanlashda, nasos qurilmalarini tanlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Issiqlik tashuvchisi quvurlarda harakatlanayotganida bosim yo‘qolishi issiqlik ta’minoti quvurlari uzunligi bo‘yicha gidravlik qarshiliklar va mahalliy qarshiliklar yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi: 66 М л Р P P Issiqlik tarmoqlarining uzunligi bo‘yicha gidravlik qarshiliklar(Pa) Veysbaxa - Darsi formulasidan aniqlanadi: 2 P d i P л bu erda: - gidravlik ishqalanish koeffitsienti; l - trubaning uzunligi; d – quvur ichki diametri; ρ - issiqlik tashuvchilarning zichligi kg/m 3 ; - issiqlik tashuvchining tezligi, m/s. Gidravlik ishqalanish koeffitsienti umumiy holda Reynolds soni (Re)ga va quvurning nisbiy ekvivalent g‘adir-budurligi (k e /d)ga bog‘liq bo‘ladi. Quvurning g‘adir-budurligi deb suyuqlikning turbulent harakati paytida bosimning yo‘qolishiga ta’sir qiluvchi notekisliklarga aytiladi. Real quvurlarda bunday notekisliklar bir- biridan tuzilishi, kattaligi va quvur uzunligi bo‘yicha notekis taqsimlanganligi bo‘yicha ajralib turadi. Quvur devorlarining ekvivalent g‘adir-budurligi kattaligini k e korroziyani hisobga olgan holda qo‘yidagicha qabul qilinadi: bug‘ quvurlari uchun - 0.2 mm; suvli issiqlik tarmoqlari uchun - 0.5 mm; kondensat quvurlari uchun - 1 mm. Gidravlik jihatdan silliq quvurlar uchun turbulent harakatda gidravlik ishqalanish koeffitsientini G. A. Murin formulasi bo‘yicha aniqlash mumkin: 5 , 2 Re) ( 01 , 1 g P Gidravlik jihatdan g‘adir budur quvurlar uchun Rek e /d 560 bo‘lganda, quvurlarning butun uzunlgi bo‘yicha gidravlik qarshilikka suyuqlikning quvur devoriga ishqalanish kuchi ta’sir qilganda, gidravlik ishqalanish koeffitsienti nisbiy ekvivalent g‘adir budurlikka bog‘liq bo‘ladi va prof. B.L.SHifrinson formulasi yordamida aniqlanadi: 25 , 0 ) ( 11 , 0 d R ш Э . Rek e /d=23-560 o‘zgarishi bilan tafsiflanadigan gidravlik qarshiliklarning o‘tish hududida prof. A.D.Altshul formulasi qo‘llaniladi: 67 25 , 0 ) Re 68 ( 11 , 0 d R Э М YUqoridagi formuladan λ p kattaligi gidravlik qarshiliklarning barcha uchchala zonalari uchun juda aniq tarzda aniqlanadi. Download 4.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling