M kariyev, R. Alimov
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy dala jarrohligi
Holatiy masalalar
1. BrTP ga shikast olgandan keyin 2 soat o'tgach, oddiy askar A.olib kelindi. U portlovchi to‘lqin ta’sirida yiqilgan va kallasi bilan yerga urilishi natijasida 3—5 daqiqa hushini yo'qotgan. Ko'rilganda: hushi joyida, oqargan, bosh og'rigi va aylanishidan shikoyat qiladi, pulsi 1 daqiqada 60 ta, qon bosimi 102/70 mm.sim.ust., refiekslar saqlangan, nistagm aniqlandi, teri qoplamalari shikastlanishi yo‘q. — Tashxis qo‘ying va asoslang. — Punkt ichi va ko'chirish transport saralashini o'tkazing. — Tibbiy yordam hajmini aniqlang va asoslang. 2. BrTP ga kapitan D. hushsiz holatda yo'lovchi mashinada olib kelindi. 2 soat oldin o'qotar quroiidan kalla suyagidan jarohat olgan. Bosliining o‘ng peshona chakka qismida qon bilan belangan bog'lam mavjud. Ko'rilganda og‘iz bo‘shlig‘ida qusiq massa qoldiqari bor. Nafas olishi qiyinlashgan, lablar sianozi. Puls 1 minutda 50 marta. Qon bosimi 180/70 mm.sim.ust. Ensa mushaklari tarangligi seziladi. 0‘ng qo‘l-oyoqlar tonusi normada. Chap qo‘l-oyoqlar osilib yotibdi. 0‘ng taraf anizokoriyasi. Nafas olganda o‘ng lunj tebranib turibdi — «pa- rus» simptomi. Chapda Babinskiy simptomi. — Tashxis qo‘ying va asoslang. — Punkt ichi va ko‘chirish transport saralashini o‘tkazing. — Tibbiy yordam hajmini aniqlang va asoslang. 3. BrTP ga oddiy askar M. to‘lqin zarbidan uzoqqa otilish nati- jada boshi bilan urilgan, uzoq hushidan ketgan. Shikastdan 3 soat- dan keyin zambilda olib keftirildi. Ko'rilganda: hushida, lekin tor- mozlangan, retrograd amneziyasi mavjud. Shikoyatlari: bosh og‘rigi, aylanishi, ko'ngit aynishi. Umumiy ahvoli o'rtacha og'irlikda. Puls 1 daqiqada 68 ta, qon bosimi 180/90 mm.sim.ust., qorachiqlari keng, toraygan, yorug‘likka reaksiyasi bor. To‘r parda refleksi saqlangan. Nistagm, tilni chapga qiyshayishi va chap burun lab burmasining tekislanishi kuzatiladi. — Tashxis qo'ying va asoslang. — Punkt ichi va ko‘chirish transport saralashini o'tkazing. — Tibbiy yordam hajmini aniqlang va asoslang. 1. BrTP ga oddiy askar S. kalla suyagining o'qotar quroli bilan yaralanishidan 3 soatdan keyin zambilda olib keltirildi. Boshida qon- ga belangan bog'lam. Holati og‘ir, hushsiz. Nafas olishi tez-tez, bo'g'iq, yuzaki. Puls ipsimon, 1 daqiqada 20 ta. Qon bosimi 30/10 mm.sim. ust. Qorachiqlar kengaygan (midri- az). Fotoreaksiyasi juda sust, yutuvchi refleksi yo'q. Atoniya, arefle- ksiya. Siydik chiqishi ixtiyorsiz. — Tashxis qo'ying va asoslang. — Punkt ichi va ko'chirish-transport saralashini o'tkazing. — Tibbiy yordam hajmini aniqlang va asoslang. 93 1. Og‘ir, yopiq bosh miya jarohatida (BMJ) birinchi tibbiy yor- dam hajmini ayting. 2. Yopiq bosh miya shikastlanishlarida jarohatlanganlarning sara- lash guruhlarini ajrating. Har bir ajratilgan guruhga ko'rsatiladigan tibbiy yordam hajmini ayting. 3. (Yopiq bosh miya) YYXDR, MHDJ hamda ATO da bosh miya (BMJ) shikastlanganda tibbiy yordam hajmini ko'rsatib o'ting. 4. Bosh miya va kalta suyagi o'qotar quroli bilan jarohatlanganda uni tasniflang. 5. Bosh miya shikastlanishi nimada namoyon bo‘ladi? 6. Bosh miya va kalla suyagi o'qotar quroli bilan jarohatlanganda klinik kechish bosqichlarini xarakterlang (ta’riflang va ayting). 7. Bosh miya va kalla suyagi o'qotar qurollar bilan jarohatlan- ganda tashxis qanday belgilarga asoslanadi? 8. Bosh o'qotar qurollar bilan jarohatlanganda birinchi tibbiy yor- dam hajmini ko'rsating. 9. BrTP da tibbiy saralash o'tkazilib ajratilgan kalla, bosh miya jarohatini olgan guruhlarni tasniflang. 10. Ajratilgan guruhlardagi boshi jarohatlanganlarga ko'rsatiladigan tibbiy yordam hajmini ayting. 11. ATOda boshidan jarohatlanganlar nechta guruhga ajratiladi? Ularga tasnif bering. 12. ATOda o'qotar qurollar bilan jarohatlanganda operatsiya o'tkazish uchun nima asos bo'ladi? 13. Bosh miya va kalla suyagining o'qotar qurollar bilan jarohat- lanishini davolashning harbiy-dala jarrohlik doktrinasi nimalarga asos- lanadi? 14. YJHDGda neyroxirurgik xususiyatga ega bo'lgan bosh miya va kalla suyagi o'qotar qurollar bilan jarohatlanishini davolash va bularni tashkillashtirish tamoyillarini sanab o'ting. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling